Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida köplab odamlarni ularning nomiga kredit olib, çuv tuşirgan avtosalonçilar işi körilmoqda. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.
Jinoyat işi doirasida 6 kişi ayblanyapti. Bular “Green-Waatt” va “Quwwatt Motors” MÇJlar ta’sisçisi Nozimjon Aslonov, “Green-Waatt” MÇJ rahbari Obidxon Törayev, “Ev Sky” MÇJ rahbari Dilşod Eşonqulov, bir neçta MÇJlar ta’sisçisi Vahobjon Muharamxöjayev va Zohid Toğayev, şuningdek, Şerbek Ozodbekovdir.
Ularga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (juda köp miqdorda, uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab firibgarlik sodir etiş), 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) hamda 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalaniş) bilan ayblov e’lon qilingan.
Jadvalda körinişiça, jinoyat işida 215 nafar fuqaro jabrlanuvçi sifatida ötgan. Kun.uz’dagi ma’lumotlarga köra, jinoyat işi doirasida yetkazilgan umumiy zarar miqdori 62 mlrd sömga teng.
Kun.uz avvalroq jabrlanuvçilarning murojaati asosida uşbu iş böyiça suriştiruv olib borgandi. Suriştiruv davomida Xitoydan turli rusumdagi elektromobillarni olib keliş, sotiş va quvvatlaş bilan şuğullanuvçi “Green-Waatt”, “Ev Sky”, “ZTY Car Energy”, “Quwwatt Motors” MÇJlar turli banklar orqali yuzlab odamlarni çuv tuşirgani aniqlangan.
Ular maşhur kişilar yordamida turli jozibali reklamalarga kuç berib, odamlar işonçiga kirgan. Rejaga köra aksariyati heç qayerda işlamaydigan, tayinli daromadi yöq fuqarolar birgalikda daromad olişga qiziqtirilgan.
Sxema quyidagiça işlagan: fuqarolar bilan qimmatbaho Xitoy avtomobili uçun şartnoma tuziladi; bankdan avtomobil uçun öşa fuqaro nomiga katta miqdorda, 200-300 mln sömlik kredit çiqariladi; kreditdan çiqqan pullar sxema tepasida turgan firma egalari qöliga ötadi; odamlar kredit kompaniya tomonidan tölab borilişiga işontiriladi; 2 oy içida Xitoydan avtomaşina olib kelinib, qayta sotilişi va tuşgan mablağ hisobiga kredit töliq yopilişi va’da qilinadi.
Bularning barçasi evaziga bu aldanayotgan fuqarolarga bor-yöği 200 dollardan “bonus” berilgan. “Osmondan tuşayotgan” 200 dollarni eşitgan sodda odamlar birin-ketin taniş-biliş, qarindoş-uruğ, qöşnilarini yetaklab kelavergan.
Iqtisodçi Valijon Töraqulov bu vaziyatni qonuniy jinoyat deb atagan. Uning aytişiça, bunday turdagi jinoyatlar noqonuniysiga qaraganda xavfliroq böladi. Töraqulov şunday jinoyatlar qilinişi davom etaversa, moliya bozorida inqiroz yuzaga kelişidan ogohlantirgan.
Oldinroq “Umid avto” rahbari qamoqqa olingani, u juda köp miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi.












