Amerikalik astronavtlar 16 yanvar kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan oçiq kosmosga çiqdi.

Qayd etilişiça, astronavtlar Nik Xeyg va Sunita Uilyams astofizik uskunaga xizmat körsatişi va yangi aloqa blokini örnatişi kerak bölgan. Kosmik vakuumga çiqiş AQŞ Şarqiy sohillari vaqti bilan soat 08:05 da boşlangan va texnik işlar 6,5 soatga yaqin davom etgan.

2024 yilning iyunida amerikalik ikki astronavtning XKS bortidan oçiq kosmosga çiqişga urinişi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

XKS bortidagi amerikalik astronavtlar Treysi Dayson va Mettyu Dominik 13 iyunda kosmik vakuumga çiqişi kerak bölgan, ammo skafandr bilan boğliq muammolar tufayli jarayon bekor qilingan edi. 24 iyunda astronavtlar oçiq kosmosga 31 daqiqaga çiqqan va Dayson skafandridagi sovitiş konturidan suv oqqani sabab stansiyaga qaytişga majbur bölgandi.

Ayni vaqtda XKSda yetti kişidan iborat ekipaj — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovçinin, Ivan Vagner va Aleksandr Gorbunov, NASA astronavtlari Nik Xeyg, Donald Pettit, Butç Uilmor va Sunita Uilyams faoliyat yuritmoqda.

23 yanvar kuni amerikalik astronavtlar joriy yilning özida ikkinçi bor oçiq kosmosga çiqişni rejalaştirgan.