Space.com xabariga köra, jadvallarni NASA’ning inson iştirokidagi qöniş tizimlari - Human Landing System dasturi rahbari vazifasini bajaruvçi Stiv Kriç taqdim etgan.

2028-yil boşigaça orbitada yonilği quyiş, kemalarni tutaştiriş va Oyga ekipajsiz qöniş kabi muhim sinovlar rejalaştirilgan. Ularning natijasi astronavtlarni Oy yuzasiga yetkazadigan apparatni tanlaşda hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.

«Artemida III» missiyasini 2027-yilning uçinçi çoragida uçiriş közda tutilgan. Tört astronavt Orion kemasida Yerning past orbitasiga çiqib, SpaceX va Blue Origin apparatlarining sinov nusxalari bilan tutaşiş amaliyotlarini ötkazadi.

Bu missiyada Oyga qöniş rejalaştirilmagan. Uning vazifasi - kemalar tizimlarining özaro mosligini tekşiriş. Natijalar asosida NASA 2028-yil boşiga möljallangan «Artemida IV» missiyasida qaysi apparatdan foydalanişni belgilaşi kerak.

SpaceX «Artemida III» uçun mavjud Starship V3 yuqori bosqiçlaridan birini özgartirişni rejalaştirmoqda. Unga tutaşiş uzeli va burun qismining himoya qoplamasi örnatiladi. NASA hujjatlariga köra, bu elementlarning mexanik mosligi böyiça tekşiruvlar yakunlangan.

2027-yilning birinçi çoragida Orion bilan hamkorlikda işlaş uçun zarur tizimlarni integratsiya qiliş va astronavtlarga kabina trenajyorini taqdim etiş közda tutilgan. Ikkinçi çorakda parvoz sinovlari, qöniş tayançlarini tekşiriş va ekipaj kabinasi şlyuzini sinaş işlari davom ettiriladi.

Biroq «Artemida III»da qatnaşadigan Starship sinov nusxasida astronavtlar uçun kabina bölmaydi. U Orion bilan tutaşişni namoyiş etişga möljallangan.

SpaceX oldidagi eng murakkab vazifalardan yana biri - orbitada kemalar örtasida yonilği ötkaziş. Starship Oyga yöl olişi uçun Yer orbitasida qöşimça yonilği olişi kerak.

Buning uçun maxsus tanker kemalarni öntagaça marta uçiriş talab qilinişi mumkin. Ular yonilğini orbitadagi saqlaş apparatiga yetkazadi, Oyga boradigan kema esa şu yerda yonilği zaxirasini töldiradi. Kompaniya juda past haroratdagi yonilğini kosmosda işonçli saqlaş va bir apparatdan boşqasiga ötkazişni isbotlaşi lozim.

«Artemida III»ning Yer orbitasidagi sinovlari uçun bunday yonilği quyiş talab etilmaydi. SpaceX Oyga möljallangan ekipajsiz Starşip’ni 2027-yil uçinçi çoragi oxiri yoki törtinçi çoragi boşida uçirib, yil yakunigaça Oyga qöndirişni rejalaştirmoqda.