Ötgan 2024 yil davomida özbekistonliklar soğliği uçun qança pul sarfladi, qaysi şifokorlarga köproq murojaat qildi? Kun.uz şu mavzuda poytaxtda kiçik sörovnoma ötkazdi.
2024 yil davomida Özbekistonda aholi soğligiga neça söm sarflaganini biliş uçun Kun.uz Toşkent şahrida kiçik sörovnoma ötkazdi. Unda 20 dan ortiq kişi qatnaşdi. Iştirokçilar 20-60 yoş oraliğini taşkil qilgan.
Iştirokçilar 1 yilda soğliği uçun 200 ming sömdan 8 million sömgaça sarflaganlarini aytişdi. Qatnaşçilarning köpi 1-2 million atrofida pul sarflagan. Şuningdek, sörovnomada qatnaşganlar orasida yil davomida şifokorga bormagan, dori-darmon olmaganlar ham bor.
Sörovnomaning ikkinçi qismida aholidan yil davomida qanday kasal bilan oğrigani va qaysi şifokorga borgani söralgan. Unda 20 yoşlar atrofidagi aksar iştirokçi stomatologga borganini aytsa, 50 yoşdan oşganlaring köpi, qandli diabet bilan kasallangani, yurak qon-tomir kasalliklari bilan oğriganini bildirgan.
Şuningdek, ular orasida, gastroenterolog, endokrinolog, lor va oftamologga borganlar ham uçraydi.
Töliq sörovnoma bilan videoda tanişişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, 2024 yil boşida Kun.uz Toşkent şahrida sörovnoma ötkazib, iştirokçilardan antibiotik olgan yoki yöqligi; agar olgan bölsa, qaysi hollarda va qanday antibiotiklar ekani haqida söragandi. Sörovnomada 30 dan ortiq 18-60 yoş oraliğidagi aholi qatnaşgan. Ularning 30 yoşgaça bölgan 10 nafari 5-8 martagaça antibiotik olganini aytdi. Yana 30 yoşdan yuqori kişilar 3-4 marta, 50 yoşdan yuqorilar esa 1 marta yoki umuman olmaganini ma’lum qildi. Bu raqamlardan butun Özbekistonda aholi antibiotikdan şunday foydalanadi deb tuşunmaslik kerak, çunki hududlarda antibiotikdan foydalaniş poytaxt aholisidagidan ança köproq ekani ehtimoli yöq emas.







