Özbekiston banklari 2024 yilni 6 trln 966 mlrd söm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023 yildagi körsatkiçga nisbatan qariyb 44 foizga kam.

Bankers.uz ma’lumotlariga köra, davlat uluşi mavjud banklar ötgan yilni 317,2 mlrd sömlik zarar bilan yakunlagan. Bunga Mikrokreditbank (-1,7 trln söm) va Biznesni rivojlantiriş bankining (-2,2 trln söm) katta miqdorda zarar körgani asosiy sabab bölgan. Şuningdek, Aloqabank, Agrobank va Asakabankning ham sof foydasi 2023 yilga nisbatan keskin kamaygan.

Sof foyda böyiça TOP-10 talikda ikkita davlat banki — Özsanoatqurilişbank va Özmilliybank qayd etilgan. Özsanoatqurilişbank 2023 yilga nisbatan qariyb 43 foizlik ösiş bilan 1,3 trln söm sof foyda olgan. Şuningdek, Özmilliybank (+0,3 foiz) va Xalq banki (+8,1 foiz) moliyaviy natijasida kiçik bölsa-da ösiş kuzatilgan.

Infografika: Bankers.uz

Xususiy banklar esa yil davomida jami 7,3 trln söm sof foyda olgan. Davlat uluşi bölmagan banklar orasida Hamkorbank 1,42 trln söm sof foyda olgan holda yetakçi bölgan bölsa, undan keyingi örinni Kapitalbank (1,16 trln söm) egallagan. Şuningdek, Ipak Yöli banki (910,5 mlrd söm) va Orient Finans bankning (901,1 mlrd söm) foydasi ham 900 mlrd sömdan oşgan.

2023 yil bilan soliştirganda foydaning eng yuqori ösişi TBC Bank'da (+748,5) kuzatilgan. Şu bilan birga Octobank (+101,7 foiz) hamda Uzum Bank (+121,4 foiz) natijalarida ham keskin ösiş yuz bergan.

Bundan taşqari, nodavlat banklarning yettitasi yilni zarar bilan yakunlagan. Ular orasida 2023 yilni 800 mlrd sömdan köproq sof foyda bilan tugatgan Ipoteka bank ham bor. Bank 2024 yilda 240 mlrd sömdan köproq zarar körgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekistonda faoliyat olib borgan 35 ta bankning jami sof foydasi qariyb 12 trln 373 mlrd sömni taşkil qilib, 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga ösgandi.