Finlandiya hukumati çet el fuqarolarining doimiy yaşaş guvohnomalarini oliş talablarini kuçaytiriş uçun qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Hukumat dasturining maqsadi — muhojirlarni fin jamiyati qoidalariga roiya qilişga, işlaşga va til örganişga undaş. Muvaffaqiyatli integratsiya doimiy yaşaş guvohnomalarini oliş uçun zamin yaratadi», — deydi içki işlar vaziri Mari Rantanen.

Doimiy yaşaş ruxsatnomasini oliş uçun respublikada uzluksiz yaşaş muddatini tört yildan olti yilgaça uzaytiriş taklif qilinmoqda. Olti yillik muddatdan keyin ariza beruvçi ikkita davlat tili — fin va şvedçani yetarliça yaxşi bilişini isbotlaşi kerak. Şuningdek, undan kamida ikki yillik iş tajribasiga ham ega böliş talab etiladi.

Doimiy yaşaş ruxsatnomalarini tört yil yaşagandan keyin ham oliş mumkin, ammo buning uçun qator şartlarni bajarişga töğri keladi: yillik daromad kamida 40 ming yevroni taşkil etişi kerak; u Finlandiyada tan olingan oliy ta’lim darajasiga ega bölişi yoki Finlandiyada aspiranturani tamomlaşi va ikki yillik mehnat stajiga ega bölişi lozim; arizaçi fin yoki şved tilini yaxşi özlaştirgan bölişi va uç yillik iş stajiga ega bölişi kerak.

Barça holatlarda iş staji mavjudligi talab qilinadi. Şuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan şaxslar uçun talablar kuçaytiriladi.