DW naşrining Finlandiyadagi Yle axborot xizmatiga tayanib xabar berişiça, bu holatlarning barçasi 2026-yil davomida kuzatilgan. Voqealar haqida 1-oktabr kuni maʼlum qilingan.
Deputatlarning aytişiça, ular yöqligida xususiy uylari va kvartiralariga kimdir kirganini körsatuvçi belgilarni payqagan. Xususan, ayrim xonadonlarda kiriş eşiklari oçiq yoki çiroqlar yoniq bölgan.
Şu bilan birga, qulf yoki eşiklarni buzib kiriş izlari aniqlanmagan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uylardan heç narsa öğirlanmagan va buyumlarga zarar yetkazilmagan.
Bunday holatga duç kelgan deputatlarning aniq soni oçiqlanmagan. Yle maʼlumotiga köra, ularning soni 20 nafardan kam.
Belgilar ataylab qoldirilgan bölişi mumkin
Hozirça ehtimoliy kirişlar ortida kim turgani va bundan qanday maqsad közlangani maʼlum emas.
Finlandiya parlamenti spikeri Yussi Xalla-axo uylardagi belgilar ataylab qoldirilgan bölişi mumkinligini istisno qilmagan.
«Ehtimol, bu taxmin qilinayotgan kiriş holatlarida muayyan umumiy belgilar takrorlanayotgandir», - degan u 1-oktabrdagi matbuot anjumanida.
Boş vazir xorijiy kuçlar iştirokini istisno qilmadi
Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo voqealarga xorijiy kuçlar aloqador bölişi mumkinligini aytgan. Biroq hozirça bunday iştirokni tasdiqlovçi maʼlumot keltirilmagan.
«Agar kimdir Finlandiyadagi barqarorlikni izdan çiqarişga, xavfsizlik hissimizni yoki, masalan, Ukrainani qöllab-quvvatlaşimizni susaytirişga urinsa, bu teskari natija beradi», - degan Orpo.
U Moskva avval ham Yevropadagi saylovlarga aralaşişga uringanini eslatgan. Finlandiyada navbatdagi parlament saylovlari 2027-yil aprel oyida ötkazilişi kutilmoqda.
Politsiya tergov boşladi
Helsinki politsiyasi deputatlarning xususiy turar joylariga kiriş holatlari yuzasidan dastlabki tergov boşlanganini tasdiqlagan. Tergov Milliy tergov byurosi kömagida olib borilmoqda. Hozirça qöşimça tafsilotlar oçiqlanmagan.













