Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Uçtepa tumanida sodir bölgan yonğin töğrisida birlamçi ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uçtepa tumani Taqaçi MFY Taqaçi köçasida joylaşgan (18-sonli avtobus saroyi yaqinida) tikuvçilik korxonasining omborida yonğin bölayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBga xabar kelib tuşgan.

Yonğin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 21:40 da yetib borgan va yonğin soat 22:03 da qurşab olingan, ayni vaqtda yonğinni öçiriş işlari bajarilmoqda.

«Yonğin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar töğrisida xabar kelib tuşmadi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, voqea joyiga Toşkent şahar FVB rahbariyati hamda mas’ul taşkilotlarning vakillari çiqqan.