1947 yildan beri «Qiyomat soati» bilan şuğullanib kelayotgan Bulletin of the Atomic Scientiss taşkiloti soat millari bir sekund oldinga surilganini ma’lum qildi. Bu millar global yadroviy falokat tahdidini anglatadi. Endi halokatli «Yarim tun»gaça 89 soniya qoldi - har qaçongidan ham kamroq.

«Qiyomat soati» (Doomsday Clock) – insoniyatning yadro uruşi, iqlim inqirozi yoki boşqa tahdidlar kabi global falokatga qançalik yaqinligini körsatadigan metaforik soat. Konsepsiya 1947 yilda Bulletin of the Atomic Scientiss taşkiloti olimlari tomonidan yaratilgan.

Soatdagi «Yarim tun» dunyoning oxiri yoki global falokat ramzidir. Millar yarim tunga qançalik yaqin bölsa, global halokat xavfi şunçalik yuqori böladi. Soat dastlab yadroviy qurollar xavfini, ayniqsa, Sovuq Uruş kontekstida tasvirlaş usuli sifatida yaratilgan.

Millarni suriş töğrisida qaror olimlar, Nobel mukofoti laureatlari va siyosiy tahlilçilarni öz içiga olgan bir guruh mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi. Suriş insoniyatga tahdidlar bilan boğliq hozirgi global vaziyatni aks ettiradi.

Millar surilişiga quyidagi omillar ta’sir körsatadi: yadro qurollari va qurollaniş poygasi; iqlim inqirozi; biologik tahdidlar (masalan, pandemiya); texnologik xavflar (masalan, sun’iy intellektni rivojlantiriş).

1947 yilda soat yarim tungaça 7 daqiqa qolganini körsatar edi. 2023 yilda, asosan, Rossiya-Ukraina uruşi va yadroviy eskalatsiya xavfi tufayli soat millari birdaniga 10 sekund oldinga surildi va «Yarim tun»gaça 90 soniya qolgan edi. 2024 yilda millarning holati özgarmadi.