Qaror 1947 yildan beri global tahdidlarni kuzatib kelayotgan Bulletin of the Atomic Scientiss jurnali va tadqiqot taşkiloti tomonidan qabul qilindi. Soatdagi «yarim tun» eng avvalo yadro uruşi, iqlim inqirozi va texnologiyalarning nazoratsiz rivojlanişi bilan boğliq keng kölamli şartli falokat lahzasini anglatadi.
«Rossiya, Xitoy, AQŞ va boşqa mamlakatlar «tobora tajovuzkor, duşmankor va millatçi» bölib borayotgan bir paytda Yer sayyorasi har qaçongidan ham halokatga yaqinlaşmoqda, deb bayonot berdi loyiha mualliflari 27 yanvar kuni.
Nima uçun millar oldinga surildi?
Mutaxassislarning sözlariga köra, millarning hozirgi holati bir vaqtning özida bir neça yönalişlarda global vaziyatning keskin yomonlaşişini aks ettiradi.
Asosiy omillar orasida quyidagilar sanab ötilgan:
- yadro qurolidan foydalaniş xavfining ortişi va qurol-yaroğ ustidan nazorat qiliş tizimining susayişi;
- davom etayotgan xalqaro mojarolar va geosiyosiy keskinlikning yuqori darajasi;
- iqlim özgarişining tezlaşişi va ularni jilovlaş böyiça çoralarning yetarli emasligi;
- samarali xalqaro nazoratsiz sun’iy intellekt va harbiy texnologiyalarni rivojlantiriş.
Qaror qanday qabul qilinadi?
Soat millari holati Fan va xavfsizlik kengaşi tomonidan belgilanadi, uning tarkibiga yadro fiziklari, iqlimşunoslar, xalqaro xavfsizlik va yangi texnologiyalar böyiça mutaxassislar kiradi. Baholaş ramziy xususiyatga ega bölib, haqiqiy halokatdan oldingi vaqtni aniq başorat qiliş yoki hisoblaşni anglatmaydi.
Bu nimani anglatadi?
Olimlarning ta’kidlaşiça, yarim tungaça bölgan 85 soniya muqarrar yakunni başorat qiliş emas, balki ogohlantiruvçi signaldir. Loyihaning maqsadi hukumatlar va jamoatçilik e’tiborini ösib borayotgan xavf-xatarlarga qaratiş va voqealar rivoji siyosiy qarorlar va xalqaro hamkorlikka boğliqligini ta’kidlaşdir.
«Qiyomat kuni soati» millari orqaga surilgan davrlar ham bölgan. Masalan, 1991 yilda sovuq uruşning tugaşi, SSSR parçalanişi va yadroviy arsenallarni keng miqyosda qisqartiriş jarayonlari tufayli millar orqaga keskin surilgan va yarim tungaça qolgan vaqt 17 daqiqani taşkil etgan – bu eng «xavfsiz davr» hisoblanadi. Biroq, şundan keyin soat millari faqat oldinga surilmoqda.








