Iroqlik qoçqin va islom dini tanqidçisi, 38 yoşli Salvan Momika Şvetsiyadagi uyida otib ketildi. Bu haqda 30 yanvar kuni SVT va Expressen naşrlari xabar berdi.

Uning öqotar qurol izlari qolgan jasadi Stokholm yaqinidagi Syodertele şahrining Xovşyo tumanidagi kvartirasidan topilgan. OAV ma’lumotiga köra, politsiya va tez yordam köp kvartirali uyga 29 yanvar kuni keçqurun çaqirilgan. Tun davomida politsiya uşbu hududda yirik amaliyot ötkazgan. OAV ma’lumotiga köra, qotillikka aloqadorlikda gumonlangan beş kişi qölga olingan.

Qotillikdan biroz oldinroq Momika TikTok’da jonli efir ötkazayotgandi va suiqasdning ayrim epizodlari videoga tuşib qolgan bölişi mumkin, deb yozadi Expressen.

Politsiya qurbonning şaxsini oçiqlamagan. Bu Salvan Momika ekani haqida uning hamkori Salvan Najim xabar bergan. Röy bergan qotillikdan keyin Najim X ijtimoiy tarmoğida şunday xabar qoldirgan: «Keyingisi menman».

Salvan Momika Qur’on yoqiş aksiyalaridagi iştiroki bilan tanilgandi. U va uning şerigi Salvan Najim 2023 yilda tört marta Qur’on nusxalarini yoqiş aksiyalarini ötkazganidan keyin, irqiy nafrat qözğatişda ayblangandi. 30 yanvar kuni unga Qur’on yoqiş orqali odamlar orasiga nizo soliş işi böyiça hukm öqilişi kerak edi. Stokholm okrug sudi «ayblanuvçilardan biri ölgani» uçun hukm çiqarişni keyinga qoldirdi, deb yozadi SVT.

Salvan Momikaning harakatlari tufayli musulmon davlatlarda ommaviy norozilik aksiyalari ötkazilgandi. Expressen ma’lumotiga köra, Iroqning Al-Kufa şahrida uni öldirganlik uçun ikki million dollar mukofot va ikki kilogramm oltindan tayyorlangan Qur’on nusxasi sovğa qiliş va’da qilingandi. Iroq hukumati uni ekstraditsiya qilişni talab qilgan.

Salvan Momika Şvetsiyaga 2018 yilda borgan. 2023 yil kuzida uning mamlakatda vaqtinça yaşaş ruxsatnomasi bekor qilingan, u Norvegiyada boşpana olişga harakat qilgan, ammo köp ötmay Şvetsiyaga qaytgan va 2024 yilda unga yangi yaşaş ruxsatnomasi berilgandi. Migratsiya komissiyasi u Iroqqa qaytgan taqdirda qiynoqlarga duçor bölişi mumkin deb topgan.