O‘zbekiston | 14:02 / 31.01.2025
978
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Parij shahri meri o‘rinbosari Arno Ngatcha bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Mer o‘rinbosari Arno Ngatcha ikki mamlakat poytaxtlari Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tegishli kelishuvni ishlab chiqish bo‘yicha taklifni yuqori baholadi.

Shuningdek, Fransiya tomoni Parij shahrida shu yil may oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha barcha zarur yordam ko‘rsatilishini tasdiqladi.

Mavzuga oid

E`lonlar