1991 yilda SSSR parçalanib ketgaç, köp ötmay Rossiyada puli milliard dollarga yetgan şaxslar paydo böladi. 1990-yillarning oxiriga kelib ularning orasida Boris Berezovskiy, Vladimir Gusinskiy, Mixail Xodorkovskiy va Roman Abramoviç alohida ajralib turişardi. Xöş, rossiyalik boylarning keyingi taqdiri qanday keçdi?
Bundan bir neça kun oldin rossiyalik milliarder Vladimir Gusinskiy özini bankrot deb e’lon qilgani va qarz hisobidan yaşayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Agenstva” xabariga köra, Gusinskiy endi heç qanday biznesga ega emas va 10 dan ortiq kreditorlardan 7 mln dollardan ortiq qarzi bor, uning umumiy qarzi aktivlaridan oşib ketgan.
Bu şaxs SSSR parçalanib ketgandan söng Yelsin hokimiyati davrida milliarderga aylangan va Rossiyada eng boy kişilardan biri edi.
Şuningdek, Boris Berezovskiy, Mixail Xodorkovskiy va Roman Abramoviç ham öşa davrda boyigan. “Katta törtlik” guruhiga kirgan bu boylar bir biri bilan özaro raqobat olib borgan. Xöş, ularning keyingi hayoti qanday keçgan?
Boris Berezovskiy
“Katta törtlik”dagi eng qudratli odam şubhasiz Boris Berezovskiy edi. 1946 yilda Moskvada tuğilgan bu şaxs 2013 yilda Angliyada vafot etdi. Xöş, nega bir paytlar Rossiyaning eng boy odamlari röyxatida bölgan Berezovskiy umrining sönggi qismini qoçqinlikda ötkazdi?

Berezovskiy maktabni bitirgaç Moskvadagi institutda tahsil oladi. Söng bir neça joyda, jumladan, SSSR fanlar akademiyasi qoşidagi gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot markazida işlaydi.
1985 yilda SSSR tepasiga Mixail Gorbaçyov rahbar bölib kelgaç iqtisodiy va siyosiy islohotlar ötkazilişi e’lon qilindi. Jumladan, din erkinligi, keyinroq xususiy mulkka ega bölişga ruxsat berildi.
Ana şu paytda Berezovskiy şamolning qaysi tomonga esayotganini payqaydi va 1989 yilda avtomobil savdosi bilan şuğullanuvçi “LogoVAZ” kompaniyasiga asos soladi.
Berezovskiy Rossiya prezidenti Boris Yelsin bilan yaxşi aloqalarga ega edi. U ana şundan foydalanib, SSSR parçalangandan söng Rossiyada ötkazilgan “xususiylaştiriş” jarayonlarida aktiv qatnaşadi va juda köplab mulklarga ega böladi.
Jumladan, “AvtoVAZ”da işlab çiqarilayotgan maşinalar uning kompaniyasi orqali sotilar, bir söz bilan aytganda avtozavodning norasmiy xöjayini u edi.
1994 yilda Berezovskiy Rossiya jamoatçilik televideniyesi (ORT)ni taşkil etadi va uning egasiga aylanadi. Şuningdek, u 1995-1996 yillarda şerigi Roman Abramoviç bilan birga Rossiyadagi yirik neft kompaniyasi bölgan “Sibneft” egaligini qölga kiritadi.

alamy.com
Berezovskiy Yelsindan söng uning örniga kelgan Putinni 2000 yilda ötkazilgan saylovda qizğin qöllab-quvvatlaydi. Biroq Putin Rossiya prezidentiga aylangaç Berezovskiyni köp tanqid qila boşlaydi.
Bunga javoban Berezovskiy Putinning muxoliflari tomonga ötadi va uni avtoritar rejim barpo etayotganlikda ayblab çiqadi. Öşa yili Berezovskiyga bir neçta jinoyat işlari oçiladi. Şundan söng u xorijga çiqib ketişga majbur böladi.
Berezovskiy 2013 yil 23 mart kuni London yaqinida joylaşgan şaharçadagi uyida vafot etadi. Öşanda u 67 yoşda edi.
Berezovskiy Angliyada 13 yil yaşaydi köp marta turli odamlar bilan sudlaşadi. Hatto bir paytlar yaqin hamkori bölgan Roman Abramoviç bilan ham. Rossiyada esa 1997 yildan vafotigaça unga nisbatan 11 ta jinoyat işi qözğatilgan.
Berezovskiyning ölimi haqida turli gaplar tarqalgan. Britaniya politsiyasi u öz joniga qasd qilgan deb xulosa bergan. Şuningdek, FSB unga suiqasd uyuştirgani haqida gap-sözlar çiqqan.
Mixail Xodorkovskiy

Mixail Xodorkovskiyning sovet davridagi hayoti Berezovskiyning hayotiga juda öxşaş. Bitta farqli tomoni Xodorkovskiy ança yoş bölgan va u özini komsomol taşkiloti safida körsatgan.
Xodorkovskiy ham Gorbaçyov in’om etgan erkinlikdan foydalanib, 1989 yilda xususiy bank taşkil etadi. 1995 yilda Rossiyadagi yirik neft kompaniyasi bölgan “YuKOS” xöjayiniga aylanadi.
Yelsin paytida “xususiylaştiriş” jarayonlarida faol qatnaşgan va qisqa muddatda milliarderga aylangan Xodorkovskiyning boşida ham hokimiyat tepasiga Putin kelgaç, qora bulutlar aylana boşlaydi.
Berezovskiydan farqli ölaroq Xodorkovskiy qoçişga ulgurmaydi va 2003 yilda qamoqqa olinadi. Öşa paytda uning boyligi 15 mlrd dollarni taşkil etardi.
Xodorkovskiy qariyb ikki yil tergov qilinadi. Uni firibgarlik va davlatga katta miqdorda zarar yetkazişda ayblaşadi. 2005 yil may oyida Xodorkovskiyga 9 yilga qamaladi.
2010 yil 30 dekabrda sud Xodorkovskiy va uning hamkori Platon Lebedevni boşqa ayblovlar bilan aybdor deb topadi va ularning har ikkisiga 14 yil qamoq jazosi belgilanadi. 2011 yilda Xodorkovskiy va Lebedevga berilgan hukm kassatsion tarzda özgarişlarsiz qoldiriladi.

Xodorkovskiy qamalgandan söng “YuKOS”ga tegişli barça mulklar va pullar “Rosneft” tarkibidagi “Baykalfinansgrupp” korxonasi nomiga ötkaziladi va kompaniya bankrot deb e’lon qilinadi.
Xodorkovskiyga öqilgan hukm Ğarb OAVda şov-şuvlar bilan yoritiladi. Ularda Xodorkovskiyning qamalişi siyosiy sabablarga boğlanadi. Şuningdek, milliarderning Putin bilan aloqalari yaxşi bölmagani bot-bot eslanadi.
2005 yilda AQŞ Senati Xodorkovskiy işi böyiça rezolyutsiya qabul qiladi. Senatorlar Barak Obama, Jo Bayden va Jon Makkeyn tomonidan tayyorlangan hujjatda “Xodorkovskiy işi Rossiyada sudlarning mustaqil emasligi hamda asosan Kreml manfaatlari uçun xizmat qilişini anglatişi va bu demokratik jamiyat qurişga urinayotgan Rossiya uçun xavfli holat ekani” ta’kidlangandi.
2013 yil 19 dekabrda Vladimir Putin yil yakunlariga bağişlab ötkazgan matbuot anjumanida Xodorkovskiy yaqin kunlarda u afv etilişi haqida gapiradi. Oradan bir kun ötib, 20 dekabrda Xodorkovskiyni afv etiş haqidagi farmonni imzolaydi.
Öşa kuni tundayoq Xodorkovskiy Kareliyadagi qamoqxonadan Sankt-Peterburg aeroportiga olib kelinadi. U Germaniya sobiq taşqi işlar vaziri Xans-Ditrix Genşer bilan birga Berlinga uçib ketadi.

Xodorkovskiy Germaniyaga borib olgaç köp ötmay Rossiyaga qarşi Haagadagi xalqaro sudga da’vo arizasi kiritadi. 2014 yil 28 iyulda Haagadagi Xalqaro arbitraj sudi Rossiyaga “YuKOS” işi” böyiça yetkazilgan moddiy zarar uçun Group Menatep Limited foydasiga 50 mlrd, boşqa xarajatlar uçun esa 65 mln dollar tölab beriş majburiyatini qöyadi.
Rossiya xalqaro sudning hukmlarini tan olmaydi. Apellyatsiya beradi va yutqazadi. Biroq Xodorkovskiyga bir sent ham tölab berilmaydi. Hozir sobiq milliarder Germaniyada yaşamoqda va u Putinning aşaddiy tanqidçisi hisoblanadi.
Vladimir Gusinskiy
1952 yilda tuğilgan Gusinskiy ham öz tadbirkorlik faoliyatini 1980-yillarning ikkinçi yarmida boşlagan. U özining ilk xususiy korxonasini 1986 yilda taşkil etgandi.
SSSR parçalanib ketgan paytda Gusinskiyning bir neçta xususiy kompaniyasi bölib, ular turli sohalarga ixtisoslaşgan edi. 1992 yilda u “Gruppa “Most” holdingini taşkil etadi. Unda Gusinskiyga tegişli jami 42 ta katta va kiçik kompaniyalar yiğilgandi.

Gusinskiy ham boşqa boylar kabi Yelsin davrida juda köp korxonalarni qölga kiritadi va pullarini tez köpaytiradi.
Öşa paytda “Gruppa “Most” holdingi tarkibiga köplab işlab çiqaruvçi korxonalar bilan birga “NTV”, “TNT”, telekanallari, “Exo-Moskva” radiosi va yana bir neçta gazeta hamda jurnallar bölgan.
Uning asosiy raqobatçisi Boris Berezovskiy edi. Hatto 1996 yilda Berezovskiy Moskva meri Yuriy Lujkov bilan til biriktirib, Gusinskiyga suiqasd uyuştirmoqçi bölgani haqida gap-sözlar tarqaladi.
1999 yilda Vladimir Putin boş vazir, söng prezident vazifasini bajaruvçi bölganida Gusinskiy bilan uning administratsisi örtasida kelişmovçilik yuzaga keladi.
2000 yil iyun oyida Gusinskiy hibsga olinadi. Uni firibgarlikda ayblaşadi. Gusinskiy hibsdaligida hukumatdagilar unga “Media-Most” holdingini “Gazprom-media”ga sotiş taklifini berişadi. Buning evaziga uni hibsdan ozod qilinişini aytişadi. Tadbirkor rozi böladi.

livejournal.com
Gusinskiyni heç qayerga ketmaslik şarti bilan hibsdan ozod qilişadi. Keyingi taqdiridan xavotirga tuşgan tadbirkor yaşirinça yöllar bilan Rossiyani tark etadi Ispaniyaga ketadi.
Şundan söng Rossiya Gusinskiyni Interpol orqali xalqaro qidiruvga beradi. 2000 yil dekabrda uni Ispaniyada hibsga olişadi. Biroq sud Gusinskiyni ozod qilib yuboradi.
Gusinskiy qoçganidan söng uning Rossiyadagi aktivlari davlat hisobiga ötkaziladi. Jumladan, 2001 yilda “Media-Most” holdingi “Gazprom-media” tarkibiga qöşiladi. Keyinroq boşqa aktivlari ham şunday qilinadi. U ayrim aktivlarini boşqalarga sotişga muvaffaq böladi.
Bundan bir neça kun oldin Gusinskiy xorijda qarzga yaşayotgani haqida xabarlar tarqaldi. "Agenstva" ma’lumotlariga köra, Vladimir Gusinskiy AQŞda xotini bilan ajraşmoqda va şu jarayonda uning qarzlari aktivlaridan oşib ketgani ma’lum bölgan.

alamy.com
U umumiy qarz miqdorini 7,287 million dollarga baholagan va kreditorlari orasida “Prombiznesbank” sobiq egasi, Korrupsiyaga qarşi kuraş xalqaro jamğarmasi sobiq ğaznaçisi Aleksandr Jyeleznyak va tadbirkor Leonid Nevzlin, şuningdek, Maksim Kats va sobiq davlat arbobi Anatoliy Çubays bor. “Agar u kreditorlari oldidagi barça tan olingan qarzlarni tölasa, puli qolmaydi”, deb yozgan “Agenstva” naşri.
Roman Abramoviç
Bu törtlikda eng omadlisi Roman Abramoviç hisoblanadi. Yuqoridagi uçlikdan farqli ravişda u Putinning qahriga uçramadi, qamalmadi va qoçib ketmadi. Pullari va mulklaridan ham ayrilmadi.
Aksinça, Putinning qöl ostida qoliş unga 2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan söng muammolar keltirdi. U ham Rossiyaning boşqa boylari singari bosqinçilik uruşini moliyalaştiruvçi şaxs sifatida Ğarb sanksiyalariga uçradi.

1966 yilda tuğilgan Roman Abramoviç ham tadbirkorlikni 1980 yillar oxirroqlarida boşlagan. U asosiy mablağni “Sibneft” kompaniyasi egasi bölgandan söng topgan. Çunki Abramoviç haqiqiy narxi bir neça mlrd bölgan bölgan kompaniyani Yelsin davrida suv tekinga olgan.
Abramoviç Putin hokimiyatga kelgandan söng bir muddat Çukotka gubernatori bölib işladi. U Rossiya fuqaroligidan voz keçmagan holda 2018 yilda Isroil, 2021 yilda Portugaliya pasportini olgan.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va yana bir qator davlatlar uni “uruşni moliyalaştiruvçi şaxs” sifatida baholab sanksiyalar e’lon qildi.

“Forbs” jurnali ma’lumotlariga köra 2024 yilda Abramoviçning jami boyligi qariyb 10 mlrd dollarni taşkil etadi.
Aytgança, 2022 yil may oyida Roman Abramoviç “Çelsi” futbol jamoasini amerikalik tadbirkorga 4,25 mlrd funt sterling evaziga sotib yuboradi. Bunga uning sanksiyalarga duç kelgani sabab bölgandi.
Sönggi ma’lumotlarga köra Ğarb sanksiyalariga duç kelgan tadbirkor hozirda Turkiyada yaşamoqda.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.











