Toşkent viloyati Angren şahrida ustaxonada qoldirilgan telefondan özganing pullarini öğirlagan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Angren şahrida yaşovçi fuqaro IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 9 mln söm noma’lum tarzda yeçib olinganini bildirgan. Tezkor suriştiruvlar davomida bu işni 31 yoşli telefon ustasi bölgan şaxs sodir etgani aniqlangan.

Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, jabrlanuvçi buzilgan telefonini tuzatiş uçun ustaga olib borgan.

Usta uni tuzatiş paytida mobil ilovalar orqali bank kartasiga kirgan. Söng mijozning kartasiga tuşgan 9 mln sömni özining kartasiga ötkazib olib, pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib öğrilik qiliş) bilan jinoyat işi oçilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.