Toşkent viloyati Angren şahrida töyi belgilangan yigit va qiz maşina içida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 16 iyul kuni soat 23:53 da Angren şahrida yaşovçi ayol Toşkent viloyati IIBB navbatçilik qismiga qönğiroq qilgan. U murojaatida 26 yoşli singlisi va 31 yoşli bölajak kuyovi Gentra maşinasida uydan noma’lum tomonga çiqib ketib, qaytib kelmaganini aytgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv işlari davomida yigit va qizning jasadi garaj içida turgan Gentra’dan is gazidan zaharlaniş alomatlari bilan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga köra, ularning ölimiga is gazidan zaharlaniş, boş miya va öpka şişi hamda ötkir yurak-qon tomir yetişmovçiligi sabab bölgan.
“17 iyul kuni ertalab xabar topdim. Voqea joyiga borsam olib ketişgan ekan. Yigit bizning mahallada yaşardi. Ota-onasi öqituvçi, ziyoli oila edi. Oilada heç qanday janjal yoki muammo bölganini eşitmaganmiz. Töyga tayyorgarlik körilayotgan bir paytda azaga aylandi”, degan mahalla raisi.
Holat yuzasidan Angren şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.











