AQŞ prezidenti Donald Tramp tez orada Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga bojlar joriy etiş niyatida. Oq uy rahbari 2 fevral, yakşanba kuni: «Menda vaqt jadvali yöq, lekin bu juda tez sodir böladi», dedi.
Yevropa Ittifoqi «bizdan foydalandi», deb şikoyat qildi respublikaçi. Trampning sözlariga köra, Qöşma Ştatlarning YeI bilan savdo kamomadi 300 milliard dollarga (293 milliard yevro) yetgan. Atlantika okeanining narigi tomonidagi hamkor AQŞdan heç qanday maşina yoki qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib ketmaydi, Qöşma Ştatlar esa «hamma narsani oladi», deb tuşuntirdi Oq uy rahbari.
AQŞning Kanada, Xitoy va Meksikadan tovarlarga bojlari
Bundan bir kun avval Tramp Kanada, Xitoy va Meksikadan mahsulotlarga bojlar joriy qilgan edi. Qöşma Ştatlarga qöşni Kanada va Meksika tovarlari uçun stavka 25 foizgaça böladi, Kanada energiya resurslari uçun stavka esa 10 foiz qilib belgilangan. Xuddi şu ön foizlik stavka Xitoydan kelgan tovarlarga nisbatan qöllaniladi.
Bu harakat nafaqat Ottava, Pekin va Mexikoda tanqidga uçradi. Qöşma Ştatlardagi qator kasaba uyuşmalari Vaşington pozitsiyasini qoraladi.
Yevropa Ittifoqi Trampning qaroridan afsusda ekanligini bildirdi va Bryussel nohaq yoki özboşimçalik bilan tariflarni joriy qilgan har qanday savdo şerigiga «qat’iy javob berişi» haqida ogohlantirdi. Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen yanvar oyida Oq uyni Yevropa bilan savdo uruşini boşlamaslik haqida ogohlantirgan, ammo muzokaralar olib borişga tayyorligini bildirgan.












