Germaniyaning Merkur naşri Bavariyaning Rottax-Egern tumanidagi Tegernzeye köli böyida joylaşgan va rossiyalik biznesmen Alişer Usmonovga tegişli villa sotilişi haqidagi e’longa e’tibor qaratdi.

Qayd qilinişiça, villa 25 million yevroga baholangan. Immowelt köçmas mulk portaliga köra, u hozir Germaniyadagi eng qimmat mulk hisoblanadi. Villa avvalgi reyting yetakçisi, Kampen şahridagi uydan deyarli 10 millionga qimmat turadi.

Biznesmen Alişer Usmonov bu villadan 2011 yildan 2022 yil 28 fevralgaça, Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duçor bölgunça yozgi qarorgoh sifatida foydalangan.

Ta’kidlanişiça, Myunxen prokuraturasi Usmonovni soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblamoqda. Sud bankrotlik böyiça işonçli vakili Ulrix Kramerga 2011 yilda Usmonovning villasini 7,8 million yevroga sotib olgan Men orolidagi Tegernsee Ltd ofşor kompaniyasi qarzlarini tölaşni buyurgan. Usmonovning özi villani haftasiga 77 ming yevroga ijaraga olganini ta’kidlagan edi.

Usmonovning Germaniyadagi mulklarida 2022 va 2023 yillarda tintuvlar ötkazildi. 2022 yilda tergovçilar umumiy qiymati 5 million yevroga teng hujjatlar va 30 ta suratni musodara qildi. Keyinçalik Germaniya sudi tintuvlarni noqonuniy deb topdi. 2023 yil noyabr oyida Frankfurt-Mayn sudi tintuvlar davomida olib qöyilgan mol-mulkni qaytarişni buyurdi.