Amerikaning Jorjiya ştatida yaşovçi Vinsent Barrell itlarni uriştiriş bilan şuğullangani va hayvonlarga şafqatsizlarça munosabatda bölgani uçun 475 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi NBC News.

Hayvonlarga qarşi jinoyatlar böyiça davlat prokurori Jyessika Rok bu it uriştiriş bilan boğliq belgilangan eng uzoq qamoq muddati hisoblanişini ma’lum qildi.

Jinoyat işi 2022 yilda qözğatilgan. Öşanda kurer politsiyaga özi buyurtmani yetkazib bergan Atlanta yaqinidagi uylarning birida bir qança itlar zanjirband saqlanayotganini ma’lum qilgan. Şundan keyin politsiya xodimlari tintuv ötkazgan va 107 ta pitbulni aniqlagan. Prokuraturaga köra, itlarning ayrimlari juda ozib ketgan.

Vinsent Barrell tintuv kuniyoq hibsga olingan. Politsiya pitbullar it janglariga yuborilganini isbotlovçi dalillarni topgan. Jonivorlarning barçasi hayvonlarga yordam körsatiş jamğarmasiga topşirilgan. Veterinarlar itlarning ayrimlarida jangdan qolgan çandiqlar borligi va tişlarining ba’zilari olib taşlanganini tasdiqlagan.

AQŞ Oliy sudi Vinsent Barrellni sud hay’ati qarori asosida 475 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Barrell it janglarini taşkil etiş böyiça 93 ta hamda hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun 10 ta band böyiça aybdor deb topilgan.