Germaniya politsiyasi bir vaqtning özida bir neçta federal yerlarda avtomobillarga ataylab zarar yetkaziş orqali sodir etilgan bir qator qöporuvçilik harakatlarini tekşirmoqda. Şu bilan birga, Rossiya maxsus xizmatlaridan birining uşbu seriyaga aloqador ekanligiga şubhalar tekşirilmoqda, deb xabar berdi dpa agentligi 5 fevral, çorşanba kuni Germaniya xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib. Agentlik suhbatdoşiga köra, dastlabki tergov ma’lumotlariga qaraganda, diversantlar öz harakatlari uçun rossiyalik buyurtmaçidan pul olgan.

Der Spiegel: 270 ta maşinaga nisbatan diversiyalar

Avvalroq Der Spiegel haftaligi Berlin, Baden-Vyurtemberg, Bavariya va Brandenburgdagi 270 dan ortiq avtomobilning tutun çiqargiçlari poliuretan köpik bilan töldirilganiga boğliq hodisalar yuzasidan ötkazilgan tergovning birinçi natijalarini e’lon qilgan edi. Ötgan yilning dekabr oyida Şyonefeld Brandenburg jamoatida politsiyaçilar furgonni tekşiriş çoğida bir neçta quriliş köpigi bölgan kanistrlarni aniqladilar, unda Germaniya janubida yaşovçi uç yigit – serbiyalik, bosniyalik va germaniyalik şaxs bölgan. Oradan köp ötmay, 43 ta avtomobil egalari tutun çiqargiçlarida şunday köpik paydo bölganini aniqlab, politsiyaga murojaat qilgan.

Voqea sodir bölgan joylarni közdan keçiriş çoğida avtomaşinalarning old oynalarida "Ittifoq-90"/"yaşillar" partiyasi şiorlari bilan boğliq bölişi mumkin bölgan stikerlar, jumladan «Yaşilroq böl!» va Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habekning surati topildi. Katta ehtimol bilan jinoyatçilar nemis saylovçilari orasida "yaşillar"ga nisbatan salbiy munosabat uyğotiş maqsadida radikal iqlim faollari tomonidan aksiya uyuştirişga uringan, deya ta’kidlaydi Der Spiegel. "Ittifoq-90"/"yaşillar" Germaniyaning Ukrainaga TAURUS qanotli raketalarini yetkazib beriş va unga qöşimça harbiy yordam taqdim etiş tarafdori.