AQŞ hukumati kemalaridan Panama kanali böylab harakatlaniş uçun tölov olinmaydi. Bu haqda 6 fevral, payşanbaga ötar keçasi AQŞ Davlat departamenti özining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozdi.

«AQŞ hukumati kemalari endi Panama kanali böylab tölov tölamasdan ötişi mumkin bölib, AQŞ hukumati yiliga millionlab dollarlarni tejaydi», — deyiladi bayonotda.

AQŞ va Panama xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi

Şu kuni Panama prezidenti Xose Raul Mulino va Pentagon rahbari Pit Xegset örtasidagi muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirişga kelişib olgani ma’lum böldi. «Ular Qöşma Ştatlar va Panama örtasida mustahkam munosabatlar mavjudligi va xavfsizlik böyiça köplab manfaatlar, jumladan Panama kanalini himoya qiliş böyiça umumiy manfaatlar mavjudligi haqida kelişib oldilar», — deyiladi AQŞ Mudofaa vazirligi bayonotida.

Panama Xitoy bilan kanal böyiça loyihasini bekor qiladi

3 fevral, duşanba kuni Panama prezidenti Xose Raul Mulino uning mamlakati Xitoyning Panama kanalidan savdo maqsadlarida foydalaniş böyiça hamkorligini nazarda tutuvçi «Bir kamar, bir yöl» taşabbusidan çiqişini aytdi. «Men muhim qaror qabul qildim va bu haqda sizni xabardor qilyapman. Hukumatim 2017 yilda "Bir kamar, bir yöl" taşabbusi böyiça özaro anglaşuv memorandumini yangilamaydi. Bu töğri. Loyihani muddatidan oldin yakunlaş imkoniyatini örganamiz», dedi Mulino keça AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralardan söng jurnalistlarga.

2 fevral kuni Marko Rubio Xose Raul Mulino bilan uçraşuvda Xitoyning Panama kanaliga ta’siridan noroziligini bildirdi. Davlat departamenti rahbari «mavjud vaziyatni qabul qilib bölmasligini va zudlik bilan özgartirilmasa, Qöşma Ştatlar öz huquqlarini himoya qiliş böyiça çora körişi kerakligini aytdi», dedi AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus.

Şu kuni Mulino Vaşington bilan muloqotni ijobiy deb atadi. Şubha yöqki, kanal Panama nazorati ostida va bu maqom özgarişsiz qoladi, deya tuşuntirdi Panama prezidenti.