Loyiha Mirzakalon Ismoiliy va Asaka mahallalaridan ötuvçi Salar kanali böyini qamrab oladi.
Obodonlaştiriladigan hudud Mirzo Uluğbek tumani hokimligi binosi oldidan boşlanib, Markaziy istirohat boğigaça davom etadi. Uning umumiy uzunligi qariyb 1,5 kilometrni taşkil etadi.
Loyiha doirasida hududdagi mavjud daraxtlar va yaşil maydonlar saqlab qolinadi hamda tartibga keltiriladi. Kanal böyida joylaşgan binolar xatlovdan ötkazilib, noqonuniy egallangan hududlarni tartibga soliş çoralari köriladi.
Şuningdek, kanal böylab piyodalar va velosipedçilar uçun alohida yölaklar barpo etiladi. Nogironligi bölgan şaxslarning erkin harakatlanişi uçun maxsus yölaklar taşkil qilinişi ham közda tutilgan.
Dam oliş hududida örindiq va ayvonçalar, bolalar maydonçalari hamda vorkaut zonalari joylaştiriladi.
Bundan taşqari, Mirzakalon Ismoiliy mahallasidagi 1A, 2-, 3-, 5- va 7-sonli köp qavatli uylarning birinçi qavatlaridan samarali foydalaniş rejalaştirilgan. U yerda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş va yangi iş örinlari yaratiş közda tutilmoqda.

















