Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
7 fevral kuni Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr energiyasi bo‘yicha cheklovlar kiritiladi.
Toshkentning Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, 7 fevral kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani: Obod, Otchopar-1 hamda Otchopar-2 mahallasi ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
- Chilonzor tumani: Katta Chilonzor-2 mahallasi ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi, elektr ta’minoti ertaroq tiklanishi mumkinligi ham bildirilgan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026