AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlarini ommaviy işdan böşatişga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Agentlikning öz manbalariga tayanib yozişiça, USAID’ning butun dunyo böylab faoliyat yuritayotgan 10 ming xodimidan faqat 294 kişi işda qolişi mumkin. Xususan, agentlikning Afrikadagi byurosida 12 nafar, Osiyoda esa sakkiz nafar xodim qoladi. Manbaning qöşimça qilişiça, ayrim xodimlar allaqaçon işdan böşatilgani haqida xabarnomani olgan.

USAID’ning sobiq rahbari (1993-1999 yillar), Braun universiteti huzuridagi Uotson instituti katta ilmiy xodimi Jon Brayan Etvudning sözlariga köra, xodimlarning ommaviy işdan böşatilişi dunyo böylab ön millionlab insonga yordam berib kelgan agentlikning yakson qilinişiga olib keladi. «Köplab odamlar omon qolmaydi», — deydi Etvud.

Avvalroq AQŞ prezidenti yangi hukumat samaradorligi departamenti rahbarlaridan biri etib tayinlagan biznesmen Ilon Mask USAID’ni tanqid qilgan edi. Tesla va SpaceX boş direktori agentlikni jinoiy taşkilot deb atagan va USAID’ni biologik qurollarni işlab çiqişni moliyalaşda ayblagan. Şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbariyati iste’foga çiqişini ma’lum qilgan edi.

USAID — AQŞ hukumati huzuridagi mustaqil agentlik bölib, boşqa davlatlarga yordam körsatiş bilan şuğullanadi. Davlat kotibi Marko Rubio agentlik direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.