Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilyapti.

Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida sportçilarning muvaffaqiyatli iştirokini ta’minlaş uçun joylardagi 310 ta sport maktablari milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi.

Barça viloyatlardagi sport boşqarmalari boşliqlari hamda barça sport maktablari direktorlarining faoliyatini tubdan kuçaytiriş zarurligi körsatib ötildi. Sport boşqarmalari boşliqlariga şaxsiy mas’uliyatini oşirişga qaratilgan uç oylik sinov tayinlandi.

Mutasaddilarga har bir maktab böyiça aniq maqsadlarni belgilab, uç yillik dastur qiliş topşirildi.

Jismoniy tarbiya universiteti, Nukus, Farğona, Samarqand kabi sport fakulteti bölgan oliygohlar professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlari, bitiruvçi kurs va magistratura talabalarining olti oyga sport maktablariga biriktiriş amaliyoti yölga qöyiladi.

Ular diplom işi va dissertatsiyalarini bevosita joylardagi muammolardan kelib çiqib yozişi va ularga amaliy yeçim berişi muhimligi ta’kidlandi.

Oliygoh rektorlari yangi metodika va yondaşuvlarni bevosita şu yerda joriy qilib, sport maktablarini dual ta’limning ilmiy-amaliy bazasiga aylantiradi.