Petro Poroşenko degan odamni eslasangiz kerak. 2014 yil ukrainlar Viktor Yanukoviçni ağdargaç, prezidentlik saylovi ötkazilgan va unda aynan mana şu tadbirkor ğolib bölgandi.
Poroşenkoning saylovdagi ğalabasi yorqin böladi, lekin uning prezidentligi haqida bunday deyolmaymiz. Axir tadbirkorlikdan çiqqan, siyosatda suyagi qotmagan Poroşenko Qrimday katta hududini boy bergan, Donbassda uruş holatiga tuşib qolgan çalajon Ukrainani boşqarişi kerak edi.
Poroşenko prezidentligi ukrainlar uçun oğir keçadi, uning faoliyatiga savollar juda köp böldi. Masalan, dunyodagi eng katta davlatga qarşi uruşayotgan Ukraina negadir armiyani deyarli rivojlantirmaydi, yoppasiga qurol-yaroğ sotib olmaydi. Yetmaganiga Poroşenkoning Rossiyadagi zavodlari Donbassda uruş davom etayotgan vaqtda ham işlayveradi. Darvoqe, bilmaganlar uçun: Poroşenko dunyoga maşhur Roshen konfet zavodi asosçisi hisoblanadi. E’tibor bersangiz, Roshen sözi ham Poroşenko sözidan ajratib olingan.
Xullas, Poroşenkoning prezidentligiga savollar juda köp bölgani uçun 2019 yil ötkazilgan saylovlarda aktyor Zelenskiy konfetçi Poroşenkoni osonlik bilan mağlub etadi. Öşa saylovlarda amaldagi prezident Poroşenkodan taşqari maşhur siyosatçilar Yuliya Timoşenko va Yuriy Boyko ham qatnaşganiga qaramay, siyosiy debyutant Zelenskiy ikkinçi turda 74 foiz ovoz olib ğolib böladi.
Zelenskiy ğolib bölişida öşa vaqtda mamlakat telekanalida efirga uzatilayotgan «Sluga naroda» seriali asosiy rol öynaydi. Film Zelenskiy reytingini keskin kötarib yuborgandi. Bundan taşqari Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida minglab ukrainlar köz öngida ötgan debatda Zelenskiy Poroşenkoni «yeb taşlagandi».
Endi davlatga xiyonatda ayblanişi mumkin
Ana şu Poroşenkoga nisbatan bugun Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi tomonidan sanksiya e’lon qilindi. Poroşenkodan taşqari Konstantin Jyevago va «Privatbank» sobiq xöjayini Gennadiy Bogolyubov ham kengaş «qora röyxati»ga tuşgan. Zelenskiy 13 fevral kuni bu qarorni tasdiqladi.
Şuningdek, Putinning Ukrainadagi odami, uruş boşida «Azov» batalyoni komandirlariga almaşilgan Viktor Medvedçuk va Ukrainaning eng boy odamlaridan bölmiş Viktor Kolomoyskiy ham sanksiyaga uçragan. Medvedçuk hozir Rossiyada, Kolomoyskiy esa Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan 2023 yilda hibsga olingan.
Röyxatdagi Viktor Medvedçuk va Petro Poroşenko davlatga xiyonatda gumonlanmoqda. Medvedçuk-ku tuşunarli, u Ukrainada Rossiya manfaatlari uçun xizmat qilganini hamma biladi. Bunday bölmasa, Moskva Ukraina fuqarosi bölgan Medvedçukni Rossiya faşistlar deb e’lon qilgan batalyon liderlariga almaşmagan bölardi. Poroşenko esa öşa eski iş – Donbassdagi Rossiya ta’siridagi guruhlardan kömir sotib olişda ayblanmoqda. Bu iş Zelenskiy prezident bölganidan köp ötmay qözğatilgandi.
Sanksiyaga tuşganlarning Ukrainada olingan mukofotlari bekor qilinadi, avtivlari bloklanadi, ular savdo operatsiyalari amalga oşira olmaydi, Ukrainadan çiqolmaydi va mamlakat içida yaşaş manzilini özgartira olmaydi.
Poroşenko öziga nisbatan ayblovlarni siyosiy deb atadi va barçasining buyurtmaçisi prezident Zelenskiy ekanini aytdi.
Putin nima degandi?
Poroşenkoga nisbatan sanksiya qöllangaç, tarmoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga siyosiy boşpana berişga tayyorligini aytgan video tarqaldi. Bu feyk emas, lekin şu kunlarda aytilgan gap ham emas. Putin bu gapni 2022 yil 7 fevral kuni, ya’ni Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan ikki hafta avval aytgan.
Esingizda bölsa, Putin Kremlda Makronni qabul qilgan va ular öşa maşhur uzun stolning ikki tomonidan turib 6 soat suhbatlaşgandi. Öşa uçraşuv yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Putin şunday degan: «Hozir Poroşenkoni davlatga xiyonatda ayblaşmoqçi. Axir men hali navbat keladi deganda hazillaşmagandim. Bunday holatda biz Poroşenkoga siyosiy boşpana berişga tayyormiz. Lekin uning siyosati bizga yoqqani uçun emas, odamiylik qilib», degandi Putin. Poroşenko Rossiya prezidentiga Ukraina öz muammolarini mustaqil hal qilişini aytib javob bergandi.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.











