Farğona viloyatida tarkibida giyohvand moddasi mavjud bölgan dori vositalarini sotayotgan şaxs qölga olingan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Yozyovon tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Q. Farğona şahrida fuqaro M.X.ga kelib çiqişi va sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 277 dona “TAWON LIAR” nomli tarkibida giyohvand moddasi mavjud bölgan dorini 1,8 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Tadbir davomida jami 321 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergovga tegişliligi böyiça yuborilgan.












