Stenford universiteti olimlari saratonning rivojlanişiga sezilarli ta’sir körsatadigan 380 ta muhim genetik variantlarni aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Genetics jurnalida çop etildi.

Olimlarning tuşuntirişiça, inson genomidagi DNK ketma-ketligida kuzatiladigan minglab kiçik özgarişlar onkologik kasalliklarga boğliq. Ammo uşbu özgarişlarning qaysi biri saraton hujayralarining nazorat qilib bölmaydigan ösişiga töğridan-töğri kömaklaşişi ma’lum emasdi.

Bilimdagi bu böşliqni töldiriş uçun olimlar yagona nukleotid polimorfizmlari deb nomlanuvçi uşbu irsiy genetik özgarişlarning birinçi keng kölamli tahlilini ötkazdi. Tajriba doirasida saratonning eng keng tarqalgan 13 turidan birini taşxisi qöyilgan millionlab odamlardan genetik namunalar töplangan.

Tadqiqot davomida saraton hujayralarini işga tuşirib, ularning ösişini qöllab-quvvatlaşda muhim rol öynaydigan 400 ga yaqin variant aniqlangan.

Olimlarning ta’kidlaşiça, tadqiqot rivojlaniş jarayonida hujayralar bölinişi yoki qayta tiklaniş davomida töplanişi mumkin bölgan mutatsiyalarga emas, balki homiladorlik paytida irsiy ötadigan DNK ketma-ketligiga qaratilgan. Uşbu genetik variantlar bazasidan kelajakda onkologik kasalliklar xavfini prognoz qilişda foydalaniş mumkin böladi.

Avvalroq Germaniyada tadqiqotçilar kökrak bezi saratonini skrining qilişda sun’iy idrokdan foydalaniş kasallikni aniqroq taşxislaş imkoniyatini berişini aniqlagan edi.