Bu 13 fevraldan beri Zelenskiyning ilk videomurojaati böldi. Prezidentning nega uzoq vaqt video çiqarmagani rasman izohlanmagan, ammo u şu davrda xalqaro safarlarda bölgani ma’lum.

Zelenskiy öz murojaatida Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Kiyevga taşrifi, NATO boş kotibi Mark Ryutte va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqoti haqida sözladi. Şuningdek, u «Amerikaning pragmatizmi» va dunyo tinçlik uçun birlaşişiga umid qilib qolişini ta’kidladi.

«Bugun Ukrainadaman. Harbiylardan frontdagi vaziyat, Kursk operatsiyasi haqida ma’lumot oldim. Yigitlarimiz pozitsiyalarni saqlab turibdi va şu orqali davlatimiz suverenitetini himoya qilinmoqda.

Bugun armiyamiz uçun yangi buyurtmalar ustida köp iş olib borildi. Bu bizning içki işlab çiqariş hajmini oşirişga qaratilgan — yangi şartnomalarni işlab çiqmoqdamiz.

Siyosiy jihatdan ham muhim kun böldi: armiya qömondonligi, razvedka va vazirlar bilan bir qator uçraşuvlar ötkazildi. Bu uçraşuvlar AQŞ prezidenti vakili — general Kellog bilan muzokaralarga tayyorgarlik köriş uçun muhim edi. General Kellog Kiyevga allaqaçon yetib kelgan va Boş qömondon Sirskiy, maxsus xizmatlar rahbarlari hamda Prezident ma’muriyati vakillari bilan uçraşdi.

Ertaga mening general Kellog bilan uçraşuvim rejalaştirilgan. Bu uçraşuv va umuman, AQŞ bilan hamkorlik konstruktiv bölişi juda muhim. Amerika va Yevropa bilan birgalikda tinçlikni mustahkamlaş mumkin va bu —bizning maqsadimiz. Eng muhimi, bu maqsad nafaqat bizniki, balki hamkorlarimizniki ham bölişi lozim.

Biz bu uruşni ilk soniyalaridanoq tugatişni xohlaganmiz. Men aniq işonaman, biz uruşni yakunlaymiz — va bu mustahkam tinçlik böladi. Rossiya Ukrainaga yana hujum qila olmasligi, asirlikdagi fuqarolarimiz qaytişi va mamlakatimiz kelajagi ta’minlanişi kerak. Bu har qanday millat uçun tabiiy istakdir.

Bugun NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan gaplaşdim. Biz ötgan voqealar va yaqin orada sodir bölişi mumkin bölgan jarayonlarni muhokama qildik. Uning maslahatlari va qöllab-quvvatlaşi uçun minnatdorman.

Amerika senatori Lindsi Grehem bilan ham muloqot ötkazdim. U juda konstruktiv inson va uning yordami juda muhim. Amerikadagi ikki tomonlama qöllab-quvvatlovi uçun taşakkur. Biz bu hamkorlikni davom ettiramiz.

Bugun, şuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan gaplaşdim. U menga hamkorlar bilan yangi muloqotlari va kelişuvlari haqida ma’lumot berdi. Biz uçun işonçli xavfsizlik kafolatlarini şakllantiriş juda muhim. Bu hamkorlarimizning umumiy vazifasi va har bir yetakçining faoliyati biz uçun qadrli.