Boltiq dengizining Gotland orollari sohilida suvosti kabelining uzilişi bilan boğliq yana bir holat sodir böldi. Bu haqda Şvetsiya sohilni qöriqlaş xizmatiga tayanib Yle News xabar berdi.

SVT ma’lumotlariga köra, Şvetsiya iqtisodiy zonasida Finlandiya va Germaniyani boğlab turuvçi Cinia kompaniyasining C-Lion telekommunikatsiya kabeliga şikast yetgan.

Naşrning eslatişiça, 2024 yil noyabrda ham uşbu kabelga şikast yetkazilgani töğrisida xabar berilgan. Kabel uzilganidan bir neça kun ötib ta’mirlangan. Öşanda kabelga Xitoyning YI Peng 3 yuk taşuvçi kemasi şikast yetkazganlikda gumonlangan edi.

Bu safar kabelga qaçon şikast yetkazilgani noma’lum. Şvetsiya sohilni qöriqlaş xizmatining ma’lum qilişiça, ular mazkur voqeadan 20 fevral kuni xabar topgan. Mamlakat boş vaziri Ulf Kristersson sodir bölgan voqeadan «oldinroq» xabardor qilinganini aytdi.

«Biz Boltiq dengizidagi infratuzilmalarga yetkazilişi mumkin bölgan şikastlarga jiddiy qaraymiz. Oldin ham aytganimdek, bularni xavfsizlik bilan boğliq jiddiy vaziyat kontekstida körib çiqiş kerak», — deya qöşimça qiladi u.

Şvetsiya hukumati holat böyiça dastlabki suriştiruv harakatlarini boşlagan.

Oxirgi oylarda Boltiq dengizida kabellar va quvurlarning şikastlanişi bilan boğliq bir qator holatlar sodir böldi. Ulardan eng köp e’tiborga tuşgani 2024 yil dekabr oxirlarida Estlink 2 elektrokabelining uzilişidir.

Finlandiya hukumati Estlink 2ʼning uzilişiga Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvçi Eagle S tankerini aloqador deb hisoblamoqda. Politsiya tanker harakatini töxtatib qöygan, hozirda u Porvoo yaqinida qöriqlov ostida turibdi.