Germaniya Rossiyadan himoyalanayotgan Kiyevga yordam berişda davom etadi. «Yevropadagi tinçlik va erkinlik bizdan Ukrainani qat’iy qöllab-quvvatlaşni talab qiladi», — dedi Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Rossiyaning qöşni davlatga 24 fevral, duşanba kuni keng kölamli harbiy bostirib kirişi boşlanganining uç yilligi munosabati bilan yöllagan videomurojaatida.
«Germaniya Ukraina tomonida — insonparvarlik yordami, mamlakatdan qoçganlarni himoya qiliş va harbiy yordam körsatiş orqali mustahkam turadi», — dedi Germaniya davlati rahbari. Şu bilan birga, Ştaynmayyer ukrainaliklarning jasoratiga yuqori baho berdi. «2022 yil 24 fevraldan buyon mamlakat nafaqat öz hududini himoya qilmoqda, balki demokratiya, öz taqdirini özi belgilaş, erkin Yevropa uçun kuraşmoqda», — dedi u.
Berlin Ukrainani tiklaşda yordam beradi
Germaniya davlati rahbarining sözlariga köra, Germaniya uruş tugamagunça Kiyevni qöllab-quvvatlaşni töxtatmaydi. Şu bilan birga, Frank-Valter Ştaynmayyer ta’kidlaganidek, Germaniya uruş natijasida vayron bölgan Ukraina şaharlarini tiklaşda iştirok etadi va mamlakat tinç hayotga qaytişiga yordam beradi. «Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi kelajagi ham Germaniya uçun muhim maqsaddir», — deya qöşimça qildi u.
Ştaynmayyer 24 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boşqa davlat va hukumat rahbarlari bilan videoaloqa orqali muloqot qilişi kutilmoqda.












