Sönggi çorakfinalda amaldagi çempion Özbekiston Janubiy Koreya bilan töqnaş kelib, asosiy vaqtda superkambek amalga oşirdi. 1:3 hisobida ortda borayotgan «oq börilar» 90 va 90+4-daqiqalardagi gollar evaziga hisobni tenglaştirib, öyinni qöşimça bölimlarga olib ötişdi. Qöşimça 30 daqiqalikda darvozalar daxlsiz qoldi, penaltilar seriyasida esa koreyslar darvozaboni seyvlari bilan jamoasiga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa Farhod Nişonov şogirdlari nafaqat turnirni tark etişdi, balki Çilida ötadigan jahon çempionati yöllanmasini ham qölga kirita olişmadi.
Yarimfinalga çiqqan Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyo nomidan kuzda bölib ötadigan jahon çempionatida iştirok etadi.
Osiyo Kubogi U-20. 1/4 final
Janubiy Koreya — Özbekiston 3:3
Penaltilar seriyasi — 3:1.
23 fevral. Şençjyen
Gollar: Şin Min Ha (26, 56), Kim Tae Von (61) — Asilbek Jumayev (18), Muhammadali Örinboyev (90), Abduğofur Haydarov (90+4).
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Muhammadali Örinboyev (2).
Janubiy Koreya U-20 — Seong Min Hon, Li Geon Hi, Hyun Ço Vu, Şin Min Ha, Kim Seo Jin, Seung Min Son, Li Çang Vu (Şin Sung, 63), Do Yon Yun, Kim Tae Von, Baek Min Yu (Park Seung So, 71), Kim Ge Ol (Haye Jong Vu, 71).
Özbekiston — Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek Tölqinbekov (Muhammadali Reimov, 61), Behruz Jumatov, Dilşod Abdullayev, Saidxon Hamidov (Narimon Ahmadjonov, 82), Ravşan Hayrullayev (Ollobergan Karimov, 70), Saidumar Saidnurullayev (Ğiyosjon Rizoqulov, 82), Muhammadali Örinboyev, Daler Tuxsanov (Murodjon Komilov, 61), Asilbek Jumayev (Muhammadali Zohidov, 117), Abduğofur Haydarov.
Ogohlantirişlar: Daler Tuxsanov (55), Abduğofur Haydarov (57), Do Yon Yun (65), Kim Ge Ol (67), Haye Jong Vu (96).





