Shield AI kompaniyasi X-BAT avtonom jangovar uçiş apparatining ilk töliq ölçamli prototipini yiğişni yakunladi. Yangi versiya qanot profili özgartirilgani va dvigatel soplosi uzaytirilgani bilan ajralib turadi.
Shield AI kompaniyasi özining X-BAT avtonom jangovar samolyotining ilk töliq ölçamli prototipini yaratişni yakunladi. Bu uçiş-qöniş yölagisiz havoga kötarilib, qöna oladigan istiqbolli apparatning parvoz sinovlari boşlanişini yaqinlaştirmoqda. Apparat vertikal uçiş va qöniş (VTOL) imkoniyatiga ega bölib, bu kelgusida AQŞ harbiylariga jangovar dronlardan anʼanaviy aerodromlarsiz foydalaniş imkonini berişi mumkin. X-BAT kemalar, olis orollar va infratuzilmasi çeklangan boşqa maydonlardan harakat qila olişi közda tutilgan.
X-BAT 001 deb nomlangan prototip yaqinda Shield AI kompaniyasining Texas ştatidagi Frisko şahrida joylaşgan işlab çiqariş majmuasidan olib çiqildi. Hozir kompaniya apparatni Kanzas ştatidagi Nyuton şahrida joylaşgan X-Forge 2 sinov aerodromiga yetkazmoqda. Mustaqil parvozga urinişlardan oldin muhandislar kuç qurilmasi hamda vertikal uçiş va qöniş tizimlarini tekşirişga kirişadi.
Shield AI X-BAT ilk bor mustaqil ravişda havoga kötarilguniga qadar sinovlarni bosqiçma-bosqiç ötkazişni rejalaştirmoqda. Dastlab muhandislar maxsus uçiş-qöniş platformasida turgan apparatning dvigatelini gorizontal holatda işga tuşiradi. Şundan söng kuç qurilmasi vertikal tortiş rejimida sinaladi.
Keyingi bosqiçda mutaxassislar dastlabki parvoz tajribalari paytida apparatni uşlab turiş uçun krandan foydalanadi. Bunday usul dvigatel töxtab qolsa yoki boşqa texnik nosozlik yuzaga kelsa, prototipni yöqotiş xavfini kamaytiradi. Kran yordamidagi sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanişi apparatni ehtiyot uçun osib uşlab turuvçi moslamasiz namoyiş parvozlariga yöl oçadi.
X-BAT kuç qurilmasining asosini GE Aerospace kompaniyasining F110-GE-129E ikki konturli turboreaktiv dvigateli taşkil etadi. U öqqa nisbatan simmetrik, buriladigan reaktiv soplo bilan jihozlangan. Bu soplo tortiş kuçi yönalişini özgartiriş hamda vertikal uçiş, qöniş va havoda muallaq turiş paytida samolyotning holatini boşqariş imkonini beradi.
Shield AI va GE Aerospace iyul oyida dvigatelni işga tuşiriş, buriladigan soploning işlaşi hamda kuç qurilmasini integratsiyalaş böyiça sinovlarni yakunlagan. Sinovlar GE kompaniyasining Ohayo ştatidagi Pibls şahrida joylaşgan korxonasida ötkazilgan. Olingan natijalar apparatning ğayrioddiy aerodinamik va dvigatel sxemasidagi eng muhim qismlardan birini tekşiriş imkonini bergan.








