Olimlar dinozavrlarning toşqotgan qoldiqlarida biologik tuzilmalar va molekulalar, jumladan, eritrotsitlar hamda gemoglobin tarkibiy qismlari saqlanib qolişi mumkinligiga ilk bor işonçli dalillar taqdim etdi. Bu kaşfiyot millionlab yillar davomida organik moddalar butunlay parçalanib ketadi, degan şakllangan qaraşni rad etdi.
Sönggi ön yilliklarda bir neçta ilmiy guruh dinozavrlarning toşqotgan qoldiqlarida oqsillar va hujayralar topilgani haqida xabar bergan. Biroq aniqlangan biomolekulalar hayvon ölganidan keyin taşqaridan kirib qolmaganini, balki haqiqatan ham uning öziga tegişli bölganini tasdiqlaş nihoyatda qiyin edi.
Avstraliyaning Kertin universiteti olimlari boşçiligidagi xalqaro tadqiqot guruhi hujayra deb taxmin qilingan tuzilmalarning tabiatini ilk bor kimyoviy tahlil yordamida tasdiqladi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etilgan tadqiqotda 115 million yil avval yaşagan kiçik teropod dinozavri - Aratasaurus museunacionali'ning öng oyoq suyagida topilgan minerallaşgan eritrotsitlar va saqlanib qolgan gem biomolekulalari tavsiflangan.
Qazilma qoldiq 2008-yilda Braziliyaning şimoli-ğarbidagi şaxtadan topilgan. Suyakning içki qismini batafsil tekşirgan olimlar toşqotgan qon tomir kanallarini, ularning içida esa toşqotgan eritrotsitlarga juda öxşaş köplab ellipsoid şaklidagi mikrotuzilmalarni payqadi. Taxminlarini tasdiqlaş uçun tadqiqotçilar qon hujayralari deb qaralayotgan tuzilmalarni ham, ularni örab turgan suyak moddasini ham bir qator tahlillardan ötkazdi.
Bu mikrotuzilmalar hayvon ölganidan keyin, ammo toşqotiş jarayoni boşlanişidan oldin suyakka örnaşib olgan zamburuğlar yoki boşqa mikroorganizmlarning saqlanib qolgan qoldiqlari bölişi ehtimoli ham bor edi. Biroq bunday holda ipsimon tuzilmalar - gifalar, sporalar, biopardalar yoki şunga öxşaş boşqa tuzilmalarning izlari uçraşi kerak edi. Olimlar esa bunday izlarni topmadi. Geokimyoviy tahlil ham hujayraviy tuzilmalar bilan adaştirilişi mumkin bölgan pirit minerallaşuvi izlari yoki çökindi zarraçalarini aniqlamadi.
Tuzilmalar içida esa faqat qon hujayralariga xos birikmalar, aniqroği, gem aniqlandi. Gem - gemoglobinning tarkibiy qismi bölgan muhim molekula bölib, qon hujayralari uning yordamida kislorod taşiydi.
Bu kaşfiyotga elementlar taqsimotini xaritalaş orqali erişildi. Uşbu usul qazilma namunaning turli qismlarida qaysi kimyoviy elementlar mavjudligini aniqlaş imkonini berdi. Maʼlum bölişiça, hujayralarga öxşaş mikrotuzilmalar tarkibida gemning tarkibiy qismlari bölgan temir, uglerod va azot bor. Suyakning qolgan qismida esa fosfor, kalsiy, ftor va uglerod mavjud bölgan.








