2006 yil 3 oktyabrdagi Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro kelib-ketişlari töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024 yil 18 iyul kuni Toşkent şahrida imzolangan.
Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oşirilişi ustidan nazoratni ta’minlaydi.












