“Özenergoinspeksiya” ötkazgan nazorat tadbirlarida 358 ta iste’molçi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Unga köra 25,4 mln metr kub tabiiy gaz (62,2 mlrd söm) va 29,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (35,8 mlrd söm) noqonuniy foydalanilişi natijasida davlat manfaatlariga jami 98,1 mlrd söm zarar yetkazilgani ma’lum böldi. 

Ötkazilgan nazorat tadbirlarida miqdori 370,8 tonna qiymati 6,3 mlrd sömlik neft mahsulotlaridan belgilangan talablarga zid ravşda foydalaniş holatlari aniqlandi. Iste’molçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça 342 ta ma’muriy iş rasmiylaştirildi. 

Xususan, ötkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 142 tasi elektr energiyasi, 200 tasi esa tabiiy gazdan foydalanişda qoidabuzarlikka yöl qöyilgani ma’lum böldi.

Şuningdek, energetika obektlarida olib borilayotgan ta’mirlaş işlarida inson hayoti uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan holatlar yuzasidan 37 ta brigadaning iş faoliyati örganildi. Taşkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilmagan 16 ta brigada işdan çetlaştirildi. 
 
Inspeksiya tomonidan iste’molçilarga davlat xizmatlarini körsatiş böyiça umumiy quvvati 214 mVt bölgan jami 1 ming 55 ta obektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan ötkazildi. Unga köra, 733 ta iste’molçining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanişiga ruxsat berildi.