Turkiya öz harbiylarini Ukrainaga tinçlikparvar kuçlar sifatida yuborişga tayyor, deb xabar berdi Bloomberg 27 fevral, payşanba kuni manbalarga tayanib. Xabarda aytilişiça, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan fevral oyi boşida Anqarada bölib ötgan uçraşuvlarda ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan bu masalani muhokama qilgan.
Turkiyaning potensial öt oçişni töxtatiş rejimini kuzatişda yordam berişga tayyorligi Yevropadagi ittifoqçilar, jumladan, bu borada rejalar tuzayotgan Britaniya va Fransiya uçun muhim. Ammo, Bloomberg manbalari ta’kidlaganidek, Anqara agar u barça maslahatlaşuvlar va uni şakllantirişga tayyorgarlik köriş böyiça boşqa tadbirlarda qatnaşmasa, tinçlikparvarlik missiyasining bir qismi böliş niyatida emas.
Bloomberg maqolasi çop etilganidan köp ötmay, Rossiyaning RIA "Novosti" axborot agentligi Erdöğan ma’muriyatiga tayanib, Turkiya Ukrainadagi vaziyatni hal qiliş uçun diplomatik vositaçilik qilişga tayyorligini, biroq qöşin yubormasligini ma’lum qildi. «Bizda bunday ma’lumotlar yöq, bu borada heç qanday rasmiy bayonotlar bölmagan», — deya Turkiya prezidenti ma’muriyatining «rasmiy bayonotlarga tayanib» javobini keltirmoqda agentlik.
Rossiya Ukrainada NATO tinçlikparvar kuçlari bölişini xohlamaydi
18 fevral kuni Rossiya TIV rahbari Rossiya NATOga a’zo davlatlar tinçlikparvar qöşinlarining Ukrainada paydo bölişini qabul qilib bölmas deb bilişini ma’lum qildi. Lavrovning sözlariga köra, AQŞ delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida bölib ötgan muzokaralar çoğida Rossiya tomoni «mojaro allaqaçon hal qilingan yoki kelişuvga erişilgandan söng, ayrim qurolli kuçlarni, tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş ehtimoli» mavzusini tilga olgan. «Biz bugun tuşuntirdikki, bir xil NATO davlatlaridan bölgan qöşinlar, qurolli kuçlar Yevropa Ittifoqi bayroği ostida yoki milliy bayroqlar ostida paydo bölişi bu borada heç narsani özgartirmaydi. Bu, albatta, biz uçun nomaqbuldir», — dedi vazir.








