Italiya boş vaziri Jorja Meloni Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça muzokaralarda Yevropa Ittifoqi nomidan kim iştirok etişini aniq belgilaşni talab qildi.
«Yevropa Ittifoqi nomidan muzokaralar stoliga aynan kim va qanday vakolat bilan ötirişi masalasi uzil-kesil hal etilişini talab qilişda davom etaman», - deb yozgan Meloni Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaga yöllagan maktubida. dpa agentligi 5-noyabr, payşanba kuni uşbu maktubdan iqtibos keltirdi.
Meloni YeIdagi «özaro kelişilmagan harakatlar» na ittifoqçilar bilan munosabatlarda, na «bemaʼni tajovuzni töxtatiş»ga köndiriş zarur bölgan tomonlar bilan işlaşda foyda keltirişini taʼkidladi.
«Işonçim komilki, Yevropaning tartibsiz harakat qilayotgan qiyofasini namoyon etib, biz faqat bu uruşni davom ettirişni istaganlar manfaatiga xizmat qilyapmiz», - deya maktubdan iqtibos keltirdi AFP agentligi.
Meloni vakillik masalasini Dublindagi uçraşuvda muhokama qilişga çaqirdi
Italiya hukumati rahbari Koştaga yöllagan maktubida bu masalani Yevropa kengaşining 13-noyabr kuni Dublinda ötadigan norasmiy uçraşuvida muhokama qilişni taklif etdi.
Melonining qöşimça qilişiça, bu Yevropa kengaşiga 17–18-dekabr kunlari Bryusselda bölib ötadigan sammitda Ukrainada tinçlik örnatiş böyiça muzokaralarda YEI nomidan kim qatnaşişi haqida rasmiy qaror qabul qiliş imkonini beradi.
Avvalroq ham Meloni YEI davlatlari rahbarlarining ayrim taşabbuslarini tanqid qilgan edi. Uning fikriça, bunday taşabbuslar Rossiyaning Ukrainadagi uruşi böyiça YeIning yagona pozitsiyasini zaiflaştiradi.
Xususan, Rim Finlyandiya prezidenti Aleksander Stubb, Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi telefon muloqotini tanqid qilgan.
Rossiya, Ukraina va AQŞning navbatdagi muzokaralari
AQŞ vositaçiligida Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning yangi bosqiçi 10–11-noyabr kunlari Abu-Dabida bölib ötadi.
AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff avvalroq maʼlum qilganidek, uçraşuv «uruşdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni pasaytiriş, gumanitar taşabbuslar va tinçlik sari keyingi qadamlar»ga bağişlanadi.











