Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatişga qaratilgan tinçlik kelişuvi YEI iştirokisiz tuzilişi mumkin emasligini bildirdi.

«Biz Ukraina va Rossiya qaçon va qanday qilib tinçlik şartnomasini imzolaşini ayta olmaymiz», - dedi u 6-noyabr, juma kuni Varşavada Boltiqböyi mintaqasi davlatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişidan söng.

Kallasning qöşimça qilişiça, har qanday kelişuvni amalda bajariş uçun Yevropa Ittifoqining iştiroki zarur böladi.

Yevropa Ittifoqi öz xavfsizligiga oid qarorlarni özi qabul qilişi kerak

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina böyiça «juda yirik kölamli» kelişuv tuzilişi mumkinligini eʼlon qilganidan söng, Yevropa Ittifoqi xavfsizlik masalalarida öz suverenitetiga urğu berdi.

«Albatta, Yevropa Ittifoqining öz xavfsizligiga taalluqli masalalar böyiça qarorlarni aynan YeIning özi qabul qilişi kerak», - dedi Yevropa komissiyasining rasmiy vakili Bryusselda.

Şu bilan birga, u Ukrainada yaqin vaqt içida tinçlikka erişiş ehtimoli pastligini taʼkidladi.

«Barçamiz tinçlik kelişuvi imkon qadar tezroq tuzilişini istaymiz», - dedi u.

Biroq buning uçun Rossiya Ukrainaga qarşi davom ettirayotgan uruşini tugatişga tayyor ekanini körsatişi lozim.

«Bungaça hali uzoq yöl bor, çunki hozirça qarşi tomondan bu yönalişda jiddiy harakatni körmayapmiz», - deya qöşimça qildi Yevropa komissiyasi vakili.

Öz navbatida, Berlinda ham Yevropa iştirokisiz ötkaziladigan muzokaralar «natija bermasligi» taʼkidlandi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qilişda Yevropa «markaziy rol» öynaşi kerakligini bildirdi.

Uning sözlariga köra, Germaniya hukumati qatʼiy tamoyilga amal qiladi: «Ukrainaning kelajagini Ukrainaning özisiz, Yevropaning xavfsizligiga oid masalalarni esa Yevropasiz hal qilib bölmaydi».

«Bu Rossiyaning tajovuzkor uruşini tugatişga qaratilgan barça saʼy-harakatlarimizning asosiy mezonidir. Aynan şu sababli Yevropa bu jarayonda markaziy rol öynaşi kerak», - dedi vazir.