9-noyabr, duşanba kuni Polşada «Köngillilar koalitsiyasi»ning ilk qöşma harbiy maşqlari boşlanadi. Fransiya Qurolli kuçlari maʼlumotiga köra, 22-noyabrga qadar davom etadigan maşğulotlarda Germaniya ham kiruvçi 11 mamlakatdan qariyb 2800 nafar harbiy xizmatçi iştirok etadi.
AFP agentligining qayd etişiça, Germaniya maşğulotlarga ştabning ön nafarga yaqin ofitserini, havoda yonilği quyiş samolyotlarini va moddiy-texnik taʼminot bölinmalarini yuboradi.
Şuningdek, Germaniya öz hududi orqali harbiy xizmatçilar va taʼminot yuklarini taşişda logistik yordam körsatadi.
Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarligida ötkazilayotgan «Köngillilar koalitsiyasi» maşqlarining asosiy maqsadi Ukrainada uruş tugaganidan keyin mamlakatning uzoq muddatli xavfsizligini taʼminlaş mexanizmlarini işlab çiqiş va sinovdan ötkazişdan iborat.
Mazkur ikki mamlakat maşğulotlarga eng köp sonli harbiy kontingentni yuboradi. Xususan, Fransiyadan 1100 nafar, Buyuk Britaniyadan esa 300 nafar harbiy xizmatçi iştirok etadi.
Maşğulotlar Polşa, Fransiya va Turkiyada ötkaziladi
Aviatsiya va quruqlikdagi harbiy bölinmalar iştirokidagi maşğulotlar Polşaning janubi-şarqidagi Nova-Demba şahri atrofida, Ukraina çegarasidan taxminan 100 kilometr masofada bölib ötadi.
Maşqlarning ayrim qömondonlik-ştab elementlari Fransiyada, Parij şahrida joylaşgan Ukraina uçun köp millatli kuçlar (Multinational Force Ukraine, MNF-U) ştabida ham ötkaziladi.
Maşğulotlarning dengiz bilan boğliq qismi esa Turkiya rahbarligida Istanbuldan turib amalga oşiriladi.
Unda Qora dengizda xavfsizlikni taʼminlaş va minalardan tozalaş operatsiyalari modellaştiriladi.
Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniyadan taşqari, maşğulotlarda Belgiya, Estoniya, Litva, Niderlandiya, Polşa, Ispaniya, Şvetsiya va Turkiya ham iştirok etadi.
Hozirgi vaqtda «Köngillilar koalitsiyasi» tarkibiga 35 ga yaqin davlat kiradi.
Uruş tugaganidan keyin koalitsiya harbiylari Ukrainaga joylaştirilişi mumkin








