AQŞ prezidenti Donald Tramp 27 fevral, payşanba kuni Oq uyda Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşuv çoğida Ukrainada öt oçişni töxtatiş kelişuviga «tez orada» erişilişi yoki bu «heç qaçon» bölmasligini aytdi. «Menimça, biz allaqaçon katta yutuqlarga erişdik», — deya uning sözlarini keltiradi AFP.

Jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga işoniş mumkinmi degan savoliga Tramp «işon, lekin tekşir» degan maqol bilan javob berdi. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti, öz sözlariga köra, Putin, agar u Kiyev bilan tinçlik şartnomasi tuzsa, uni buzadi va yana Ukrainaga bostirib kiradi, deb «öylamaydi».

Şuningdek, Trampdan Ukrainaga Yevropa tinçlikparvar kuçlarining yuborilişi NATO şartnomasining 5-moddasini işga solişi mumkinligidan xavotirdami yoki yöqmi, deb söraldi, u esa alyansning barça a’zolari hujumga uçragan taqdirda a’zolardan biriga yordam berişga majbur ekanini anglatadi. «Menimça, bizda bunga heç qanday sabab bölmaydi», deb javob berdi Amerika rahbari. U uşbu bandda bayon etilgan NATO tamoyilini umuman qöllab-quvvatlaşini qöşimça qildi.

Tramp Ukrainada potensial tinçlikparvarlik missiyasi tafsilotlarini muhokama qilişdan boş tortdi va avvalo Moskva va Kiyev örtasida tinçlik kelişuviga erişmoqçi ekanini aytdi.

Kir Starmer: Buyuk Britaniya Ukrainaga qöşin yuborişga tayyor

Buyuk Britaniya boş vaziri AQŞ prezidenti bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida London öz ittifoqçilari bilan birgalikda Ukraina hududiga quruqlikdagi qöşinlar va havo kuçlarini joylaştirişga tayyorligini tasdiqladi, «çunki bu barqaror tinçlikni ta’minlaşning yagona yöli».

Kir Starmerning ta’kidlaşiça, u Tramp bilan «qattiq, ammo adolatli kelişuv»ni muhokama qilgan, bunda Ukraina asosiy rol öynaydi va u Putin yana qaytib kelişni istamasligini ta’minlaş uçun harbiy kuç bilan qöllab-quvvatlanadi, deya xabar beradi dpa.

«Bu uni mukofotlaydigan tinçlik bölmasligi kerak. Tarix tinçlikparvarlar tomonida bölişi kerak», dedi Starmer. Aks holda, uning fikriça, yangi «Eronga öxşaş rejimlar» paydo bölişi xavfi mavjud.

Starmer, şuningdek, jurnalistlarga Yevropaning 18 davlati vakillari boşqa masalalar qatori Ukraina uçun tinçlik kelişuvini muhokama qiliş uçun Londonda uçraşiş niyatida ekanini aytdi.