Ikki yil avvalgi poyezd halokati qurbonlarini xotirlaş uçun ötkazilgan ommaviy namoyişlar Gretsiyaning Afina va Saloniki şaharlarida tartibsizliklarga sabab böldi. 28 fevral, juma kuni ertalab minglab odamlar 2023 yilda sodir bölgan yirik poyezd halokati qurbonlari yaqinlarining çaqiriğiga javoban Gretsiya parlamenti oldiga kelib, çuqur tergov ötkaziş va aybdorlar jazolanişini talab qildi, deb yozadi dpa.

Kun yarmiga kelib namoyişçilar soni 180 ming kişidan oşdi. Avvaliga aksiya tinç ötgan bölsa, keyinçalik ayrim joylarda namoyişlar köçadagi tartibsizliklarga aylanib ketdi. Namoyişda qatnaşgan «Qora blok» deb ataluvçi söl radikallar politsiyaga qarata maş’alalar va turli buyumlar otişni boşladi. Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va şovqin granatalari bilan javob berdi.

Namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar Salonikida ham sodir böldi. Gretsiyaning ERT-news telekanali xabariga köra, Tempidagi fojia munosabati bilan Gretsiyaning 220 şahrida, şuningdek, xorijning 82 şahrida miting va namoyişlar bölib ötgan. Ularda 300 mingdan ortiq kişi qatnaşdi.

Gretsiya fuqarolari halokat sabablari qanday örganilayotganidan norozi

2023 yilning 28 fevralidan 1 martga ötar keçasi Gretsiya şimolidagi Tempi şahrida Afina-Saloniki yölovçi poyezdi va yuk poyezdi örtasida yuzma-yuz töqnaşuv yuz berdi, natijada 57 kişi halok böldi, önlab kişilar jarohatlandi. Uşbu avariya Gretsiyadagi temiryöl aloqasi tarixidagi eng halokatli voqea böldi.

Hodisadan söng temiryöl kasaba uyuşmalari vakillari Afina-Saloniki yönalişida xavfsizlikni ta’minlaş bilan boğliq muammolar haqida gapirdi. Ularga köra, poyezdlar tezligi 160 km/soatga yetgan bir qator uçastkalarda yoruğlik signalizatsiyasi va avtomatik boşqaruv tizimlari işlamagan, poyezdlar harakati monitorlarda körsatilmagan. Maşinistlar aslida poyezdlarni qölda boşqargan.

Tergov xulosasiga köra, avariyaga ham inson xatosi, ham Gretsiya temiryöl tizimidagi jiddiy tuzilmaviy kamçiliklar sabab bölgan. E’lon qilingan ekspert xulosasiga köra, yuk poyezdi «noqonuniy» yuklarni, jumladan portlovçi kimyoviy moddalarni ham olib ketayotgan bölib, töqnaşuv natijasida yonib ketgan. Gretsiyada köpçilik hodisa sabablari qanday örganilayotganidan norozi böldi. Qurbonlarning yaqinlari vazirlar mahkamasi faktlarni va aybdorlarni yaşirmoqda, deb hisoblamoqda.