Toşkent şahrida korrupsion holat foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi boş mutaxassisi Toşkent şahridagi köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi MÇJ rahbaridan 1 500 dollar olganda uşlangan.
Vazirlik boş mutaxassisi qölga oliş jarayonida qoçişga uringan. Biroq tezkor xodimlar tomonidan uşlab qolingan.
Aniqlanişiça, u Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat körsatişni bir MÇJdan ikkinçi MÇJga ötkaziş haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni “Mening uyim” platformasidan röyxatdan ötkazib berişni va’da qilgan. Buning evaziga esa 2 200 dollar söragan. U bu işlarni özining mansabdor tanişlari orqali hal qilib berişni rejalaştirgan.
Hozirda boş mutaxassisga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.










