Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri atrofida «yaşil belboğ»lar taşkil etiş hamda yöl yoqalarida tabiiy ösib çiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qoliş yuzasidan bildirilgan fikrlar örganilgan.

Qayd etilişiça, prezidentning farmon va qarorlariga muvofiq, 2022–2026 yillarda Toşkent şahrida 1 million 350 ming tupdan ortiq daraxt va buta köçatlari ötqazilgan. 2025–2026 yillarda esa poytaxt va unga tutaş hududlarda Bektemir tumanida 38 ming, Toşkent tumanida 20 ming, Yangihayot tumanida 2,1 ming va Qibray tumanida 100 ming tup daraxt ekilgan. Şuningdek, 4R–21 avtomobil yöli yoqasida ham 2 mingdan ziyod manzarali daraxt va buta köçatlari ötqazilgan.

2026–2027 yillarda Yangihayot tumanida 21,21 gektar, Sergeli tumanida 6,81 gektar, Bektemir tumanida 40,1 gektar hamda Çirçiq daryosining Mirzo Uluğbek, Yaşnobod va Bektemir tumanlari hududidan ötuvçi qismi böylab 100 gektar maydonda yangi «yaşil belboğ»lar taşkil etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, prezidentning 2026 yil 25 martdagi farmoniga muvofiq, Toşkent şahri va viloyatida botanika hamda dendrologiya boğlarini taşkil etiş uçun jami 385,3 gektar yer maydoni ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida esa poytaxtda umumiy maydoni 139,6 gektar bölgan töqqizta yangi jamoat boğini barpo etiş belgilangan.

Ekologiya qömitasi ma’lumotiga köra, «Yaşil belboğ» loyihasi doirasida 2045 yilga qadar Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda kamida 58 ming gektar maydonda intensiv himoyaviy örmonzorlar taşkil etiş rejalaştirilgan. Buning uçun 50 million tupdan kam bölmagan iqlimga mos, qurğoqçilikka çidamli va çangni yaxşi uşlab qoluvçi daraxt hamda buta köçatlari ekilib, ularning yaşovçanligini 85 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Mas’ullar ta’kidlaşiça, «yaşil belboğ» loyihasi faqat köçat ekiş bilan çeklanmaydi. Uning doirasida yaşil hududlarning huquqiy muhofazasini kuçaytiriş, suv tejovçi suğoriş tizimlarini joriy etiş, havo sifati va yaşillik qoplamini muntazam monitoring qiliş, şuningdek, yöl yoqalarida tabiiy ösib çiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qoliş çoralari ham amalga oşiriladi.