1 mart kuni Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Qorasuv 4 mavzesida joylaşgan köpqavatli uylarning biridagi xonadonda gaz portladi.
Toşkent şahri FVB xabariga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari uşbu manzilga yetib borib, 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda gaz portlaşi oqibatida yonğin sodir bölganini aniqlagan.
Yonğin öçirilgan, 6 nafar fuqaro qutqarilib tez tibbiy yordam xizmatiga topşirilgan. Voqea oqibatida bir neça kişi, jumladan ikki nafar bola jarohat olgan. Ulardan biri şifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, ikkinçisi şifokorlar nazorati ostida ekani ta’kidlanmoqda.
Hodisa sodir bölgan uyda yonğin oqibatlarini bartaraf qiliş işlari olib borilmoqda.
FVB xabariga köra, yonğin sodir bölgan xonadonda fuqaro oşxonada gaz plitasini yoqiş orqali öz joniga qasd qilişga urungan. Gaz portlab, yonğin yuz bergaç, özini 9-qavatdan pastga taşlab, halok bölgan.








