MIB rahbariyati iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan ijro hujjatlari böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Masalan, davlat rahbarining tegişli farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qöllab-quvvatlar uçun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga 122,6 mlrd söm mablağ yönaltirildi.
Voyaga yetmagan şaxslar foydasiga jami 179 mlrd söm aliment pullari undirilib, 1,8 mingdan ortiq aliment tölovçilarning iş bandligi masalasi hal etildi va undiruv ularning iş haqlariga qaratildi.
Olib borilgan tuşuntiriş va profilaktika işlari natijasida, 1,2 mingdan ortiq oilalarning yaraştirilişiga erişildi. Davlat rahbarining tegişli farmoni bilan taşkil etilgan «Aliment tölovlari jamğarmasi» hisobidan 218 nafar undiruvçilarga 918,1 mlrd söm mablağlar tölab berildi.







