«Zamin» fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub — Özbekistonda inklyuziv jamiyatni rivojlantirişga kömaklaşuvçi ijtimoiy-jamoatçilik makoniga taşrif buyurdi.
Qayd etilişiça, xab öz faoliyatini inklyuziv professional ta’lim dasturlarini takomillaştirişga qaratilgan loyiha bilan boşlagan.
Ziroat Mirziyoyeva xabning rivojlaniş strategiyasi, işga joylaştiriş, inklyuziv mahalla loyihalari, ma’lumotlar tahlili asosida öquvçining kasbiy yönalişini aniqlovçi raqamli şaxsiy kartasi — LMS platformasi bilan tanişdi, «Xalqaro imo-işora tili» darsida qatnaşdi.
«Samimiy muhitda mehmonlar öquvçi yoşlar bilan suhbatlaşdi, ular esa öz ğoyalari va olgan könikmalari haqida sözlab berişdi», — deyiladi xabarda.
Taşrif yakunida mehmonlar heç kimni ortda qoldirmasdan tösiqlarni yengib ötişning ezgu namunasi bölgan «Kundalik hayot teatri» fotokörgazmasi va «Kiçkina şahzoda» inklyuziv sahna körinişidan yorqin taassurot oldi.




















