Fransiya va Britaniya Rossiya va Ukraina örtasida bir oylik qisman sulh tuzişni taklif qilmoqda. Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron 2 mart, yakşanba kuni Le Figaro gazetasiga intervyu berdi.

Makronning aytişiça, öt oçişni töxtatiş havo va dengiz zarbalari hamda energetika infratuzilmasiga hujumlarni töxtatişga qadar çözilişi mumkin.

«Öt oçişni töxtatiş bölsa, (u) frontda amalda ekani yoki yöqligini tekşiriş juda qiyin böladi», deb ta’kidladi Emmanuel Makron va front çiziğining uzunligi Parijdan Budapeştgaça bölgan masofaga teng ekanligini qöşimça qildi.

«Yaqin haftalarda Ukraina tuproğida Yevropa qöşinlari bölmaydi»

Makron Ukraina böyiça Yevropa sammiti uçun Londonga uçib ketayotganda Le Figaro gazetasiga intervyu berdi. Sammitni Britaniya boş vaziri Kir Starmer tinçlik rejasini işlab çiqiş böyiça sa’y-harakatlarni ilgari suriş uçun çaqirdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Fransiya-Britaniya taklifiga köra, Yevropa quruqlikdagi kuçlari Ukrainaga faqat ikkinçi bosqiçda kiritiladi.

«Yaqin haftalarda Ukraina tuproğida Yevropa qöşinlari bölmaydi», — deya Makron sözlarini keltirgan Le Figaro. Uning sözlariga köra, muzokaralar köp haftalar davom etişi mumkin, tinçlikparvar kontingent esa tinçlik bitimi imzolangandan keyin joylaştirilişi mumkin.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Makronning rejasi haqida gapirar ekan, u «hamma narsadan xabardorligini» aytdi.