Yaponiya şimoli-şarqidagi Ivate prefekturasida boşlangan örmon yonğinlari olti kundan beri davom etmoqda. Alanga hozirga qadar Ofunato şahri hududining 8 foizini kulga aylantirdi, deb yozadi NHK.

Rasmiylarning ta’kidlaşiça, 3 mart kuni tongdan beri yana 500 gektar maydon yonib ketgan va 4 mart soat 06:00 holatiga köra, alanga qamrab olgan jami hudud 2,6 ming gektarga yetgan.

Hozirda yonğinni öçirişga qariyb 2 ming öt öçiruvçi jalb etilgan, Mudofaa kuçlari vertolyotlari esa havodan suv sepmoqda.

Prefektura ma’muriyatining ma’lum qilişiça, yonğin Sanrikutyo Ryori tumaniga ham tarqalgan. Ofunato körfazidan şimoli-şarqda joylaşgan Akasakityo Nagasaki yaqinidagi örmonlarda ham tutun borligi tasdiqlangan.

Şahar hukumati Sanrikutyo va Akasakityo hududlari aholisini evakuatsiya qiliş böyiça buyruq bergan. 4 mart kuni soat 07:00 holatiga köra, 12 ta obektdan 1215 kişi evakuatsiya qilingan.

Prognozlarga köra, 5 mart kuni yarim tundan erta tongga qadar qor yoğişi va u tuşdan boşlab yomğirga aylanişi kutilmoqda.

Avvalroq 26 fevral kuni boşlangan yonğin bir kişining ölimiga sababçi bölgani va 80 dan ortiq uyni kulga aylantirgani töğrisida xabar berilgandi.