Loyihaga yönaltirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 90 million dollarga teng. Şu bilan birga Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan 18 million dollar miqdoridagi mablağ ajratilgan. Zavodda 500 tagaça yangi iş örinlari yaratilişi maqsad qilingan bölib, işlab çiqariş 2025 yilning iyun oyida yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Kelgusida mahsulotning 30 foizdan ortiğini eksportga yönaltiriş közda tutilmoqda.
Işlab çiqariş majmuasi ikki asosiy yönalişni öz içiga olgan vertikal- integratsiyalaşgan model böyiça işlaydi:
1. Alyuminiy bankalar işlab çiqariş zavodining yillik quvvati 2,2 mlrd. donani taşkil etadi. Birinçi bosqiçda yiliga 1,1 mlrd. dona işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
2. Yaxna içimliklarni idişlarga quyiş (alyuminiy bankalar va PET-qadoqlarda – yiliga 650,9 mln donagaça).
Özbekistonda alyuminiy bankalar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş orqali ayni paytda 100 foizni taşkil etuvçi import örnini bosişga töliq erişiş mumkin. Bundan taşqari, mamlakatimizning qulay geografik joylaşuvi mahsulotlarni Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlariga eksport qiliş imkonini beradi va bu, öz navbatida, kompaniyaning mintaqadagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“Mazkur loyihaning amalga oşirilişi içki bozor ehtiyojlarini qondiriş, yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar yaratiş va mahalliy biznes uçun yangi imkoniyatlar demakdir. MIZ doirasidagi imtiyozli soliq şartlari va tayyor işlab çiqariş infratuzilmasi, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratib berdi”, -deydi zavod direktori Aleksandr Paşkeyev.
“East Can Solutions” töliq quvvat bilan işga tuşgaç, yiliga 2,2 milliard banka va 650,9 million donagaça içimliklar işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi. Uşbu işlab çiqarişning umumiy qiymati 300 million AQŞ dollaridan yuqori bölişi kutilmoqda.
Avtomatlaştirişning sifatli darajasi, AQŞ va Yevropaning zamonaviy uskunalari hamda tannarxni pasaytirişga qaratilgan texnologik yeçimlar işlab çiqarişning raqobatbardoşligini ta’minlaydi.
Loyihaning ekologik tarkibiy qismiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, alyuminiy idişlar – qadoqlaşning ekologik sof turlaridan biri sanaladi, çunki ularni çeksiz ravişda qayta işlaş mumkin.
Işlab çiqarişning yölga qöyilişi nafaqat Özbekiston bozorini sifatli mahsulot bilan ta’minlaydi, balki xalqaro brendlar uçun yangi istiqbollarni ham oçadi. Ular mamlakatimizda mahalliy işlab çiqarişni taşkil etişlari yoki öz mahsulotlarini qadoqlaş uçun “East Can Solutions” MÇJ XK quvvatlaridan foydalanişlari mumkin.




