Toşkent şahri hokimligi poytaxtda yöllarni ta’mirlaş mavsumi boşlanayotgani haqida xabar qildi.
«Qiş mavsumi tugaşi bilan poytaxtda köça-yöl tarmoğini ta’mirlaş va rekonstruksiya qiliş böyiça faol işlar boşlanadi. Özbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlarini amalga oşiriş, şuningdek, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş hamda şahar aholisi va jamoat transportining harakatlanişi uçun qulayliklarni oşiriş maqsadida Toşkent şahrining transport oqimi faol bölgan köçalari holati tekşirildi», deyiladi xabarda.
Tahlil natijalariga köra, 2025 yilda joriy va kapital ta’mirlaş talab qilinadigan köçalar röyxatini öz içiga olgan manzilli ta’mirlaş dasturi işlab çiqilgan. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 000 metr kvadratdan ortiq bölgan yöllarni ta’mirlaş rejalaştirilgan.
Işlar qoplamaning uzoq muddat çidamli bölişini ta’minlaydigan texnologiyalar va materiallarni qöllagan holda ixtisoslaştirilgan bölinmalar tomonidan 7 martdan boşlab amalga oşiriladi.
Tirbandliklarning oldini oliş va noqulayliklarni kamaytiriş maqsadida yöl işlari asosan transport harakati eng kam bölgan soatlarda taşkil etiladi.
Hozirça aynan qaysi köçalarda quriliş-ta’mirlaş işlari bajarilişi ma’lum qilinmadi.




